Putin Kiev hukumatining harakatini jinoyat deb atadi

431
0

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiev hukumatining Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlarga nisbatan kuch ishlatishini og’ir jinoyat deb atab, jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishidan ogohlantirdi.

“Agar Kiev rejimi shahar aholisiga qarshi harbiylarni ishga solsa, bu ish, hech shubhasiz, og’ir jinoyatdir”, dedi Putin matbuot forumida so’zlagan nutqida.

Rossiya prezidenti Kiev hukumatining Ukraina xalqiga qarshi qadam tashlashi Rossiya-Ukraina aloqalariga aks ta’sir qilishidan ogohlantirdi.

“Bu repressiv harakatdir. Oqibati ayni qarorni qabul qilgan shaxslarga va ikki davlat aloqalariga aks ta’sir qiladi”, dedi u.

Putinning bu ogohlantirishi Rossiyaning Ukrainaga kirishi mumkinligi bilan izohlanmoqda.

Rossiya prezidentining da’vo qilishicha, Qrim yarim orolining Rossiya tarkibiga qo’shib olinishi ayni muddao bo’lgan.

“Agar Qrim yarim oroli Rossiya federatsiyasi tarkibiga qo’shib olinmaganda edi undagi vaziyat Ukraina sharqidagi vaziyatdan ko’ra yanada ayanchliroq bo’lardi”, “bu esa biz o’z vaqtida to’g’ri qadam tashlaganligimizni ko’rsatib turipti”, dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Ukraina hukumati harakatlarini jinoyat deb sifatlab, bu borada u G’arb tomonidan dastaklanayotganiga ishora qildi.

“Ukraina hukumatining tashlagan har bir qadami G’arb tarafidan to’g’ri deb tasavvur qilinishi qabul qilib bo’lmaydigan holatdir”, dedi Lavrov.

Lavrovga ko’ra, Kiev hukumati Rossiyaga qarshi geosiyosiy o’yinda “shaxmat taxtasidagi piyoda askar” sifatida ishlatilmoqda.

Rossiyaning ogohlantirishlariga qaramay, Ukraina sharqidagi vaziyat yanada kuchaya boshlagani aytilmoqda. Xabarlarga ko’ra, Ukraina armiyasi zirhli texnikalar bilan Slavyanskiy shahri tomon harakatlana boshlagan. Shaharga etishiga 3-6 km masofa qolgan xolos. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Ukraina armiyasining harakatiga qarshilik qilgan kuchlar bilan harbiylar orasida chiqqan to’qnashuvda Rossiya tarafdorlaridan 5 kishi halok bo’lgan.

Turkiston:

NATO bilan Rossiya o’rtasida YeI yomon axvolda qoldi. Buni Polsha bosh va’ziri Donald Tusk “YeI Ukraina krizisida bundanda ayanchliroq xolatlarga tayyor turishi kerak” deya izoxlab o’tdi. YeIni Rossiyaga qarshi o’zi uchun strotegik maydon qilib olgan AQSh, vaziyatlarni keskinlashishidan foydalanib, NATOni Rossiya tomon yanada siljitib olmoqchi. Yoki Ukrainaning xarbiy quvvatini g’arbiy tomon ko’chirib, uni o’z texnikasi bilan modrnizatsiya qilib, so’ng NATO blogiga a’zo qilib olish bilan maqsadga erishishni re’jalashtiradi. Bu xar ikkala xolat xam Rossiyani umuman qanoatlantirmaydi. Shuning uchun Putin mintaqadagi Rossiyaning saqofiy ta’siridan foydalanib, bor quvvati bilan be’qarorlik xolatini ushlab turadi. Lekin Rossiyaning xarbiy aralashuvi xaqiqatdan uzoqroq xolat bo’lib, Putin maxfiy ayg’oqchilarini yuborib ish olib borish bilan cheklanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.