Talas viloyatida norozilik namoyishchilari gubernator yordamchisi va tuman hokimini garovga olishdi

535
0

0_3442b_f699413b_XLBo’o’-Terek qishlog’i aholisi Talas viloyati guberatorining yordamchisi va Bakayota tumani hokimini garovga olishdi va Talas-Taraz avtoyo’lini to’sishda davom etishmoqda. Namoyishchilar mahalliy oltin koni ishidan norozi bo’lmoqdalar.

Mahalliy oltin koni ishidan norozi bo’lgan Bo’o’- Terek qishlog’idan 500dan 1000 kishigacha norozilik namoyishi ishtirokchilari Talas viloyatidagi asosiy avtotrassani to’sib turishda davom etmoqdalar.

Ular o’zlari bilan muzokara olib borish uchun kelgan Talas viloyati gubernatorining yordamchisi Riskeldi Botikov va Bakayota tumani hokimi Urmat Tinisovni garovga olishgan.

Mahalliy jurnalist Azamat Aseyin o’g’lining so’zlariga ko’ra, Botikov va Tinisov ko’chada, namoyishchilar qurshovida turishipti.

Namoyish ishtirokchilaridan biri Rais Temiraliev, buni garovga olish deb atamadi va “Kloop.kg” muxbiriga ikkala amaldor ham “xalq tomoniga o’tganligini” aytdi.

 Militsiyaning namoyishni tarqatishga harakat qilishga qaramay, namoyishchilar agar ularni oldiga Bishkekdan markaziy hukumat vakillari kelishmasa, 4 aprel tongigacha turishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.

Namoyishchilarni asosiy talabi – “Shiraljin” oltin konini yopish. Namoyishchilarning so’zlariga ko’ra, bu oltin koni mahalliy fermer xo’jaliklariga ziyon etkazmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.