Talas viloyatida militsiya norozilik namoyishini tarqatish uchun kuch qo’lladi

517
0

434fc2e326151d7870428839ab86b1aa 2014 yil 3 aprel kuni ertalab Bakayota tumanida 500ga yaqin odam “Shiraljin” oltin konini yopish talabi bilan tuman ma’muriyati binosi oldida to’planishdi. Mahalliy hukumat vakillaridan ijobiy javob olishmagach, namoyishchilar Bakayota qishlog’i hududidan o’tgan Talas-Taraz avtotarssasini yopish uchun yo’l olishdi va ma’lum vaqtdan so’ng namoyishchilar soni 1000 kishidan oshib ketdi.

Mazkur asosiy avtotrassani ochish uchun huquqni muxofaza qiluvchi organlarning maxsus kuchlari tomonidan mahalliy aholini tarqatishga harakat qilindi. Ammo, bu harakat namoyishchilarni to’xtatib qola olmadi. Ma’lum vaqt o’tgach, 500ga yaqin namoyishchilar Qirg’iziston qishlog’i burilishidagi Bo’o’-Terek qishlog’ida Talas-Taraz asosiy avtotrassani yopib qo’yishdi. Huquqni muxofaza qiluvchi organlarning umumiy kuchlari ellik nafar maxsus kuchlar va yigirma nafar militsiya xodimlaridan iborat bo’lgan.

Namoyishchilarni tarqatishga bo’lgan urinish vaqtida ikki o’rtada to’qnashuv yuzaga kelgan, natijada taxminan beshta militsiya xodimi jarohatlanib, militsiyaning xizmat mashinasi pachaqlangan va havoga bir necha bor ogohlantiruvchi o’q uzilgan. Kuch organlari tomonidan shovqin tarqatuvchi granatalar qo’llanilgan.

Militsiya tomonidan o’q otilganidan so’ng namoyishchilar huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlarini chekinishga majbur qilishgan. Shu sababli xodisa joyiga Manas, Talas va Qorabura tumanlaridan qo’shimcha kuchlar yo’lga chiqqan.

Ayni vaqtda (3 aprel soat 18:30) Talas viloyati gubernatorining yordamchisi Botikov Riskeldi va tuman hokimi Alkanov Urmat mahalliy aholi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.