NATO bosh kotibi Rossiyani ogohlantirdi

629
0

03

Belgiyada tashkil qilingan NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlarining oliy darajadagi uchrashuvida Rossiya askarlarining Ukraina chegarasida mavjud bo’lib turishi asosiy mavzu qilib olindi. Rossiya bilan madaniy va harbiy aloqalar haqida so’z yuritgan NATO bosh kotibi Andres Fog Rasmussen Rossiyaga qarshi ko’rilishi mumkin bo’lgan chora tadbirlarni qo’llashga chaqirdi. Rasmussen minbarda turib harbiy mas’ullardan Ukrainaning sharqiy hududini kuchaytirishni o’z ichiga olgan bir reja tuzishni talab qildi.

NATO bosh kotibi Andres Fog Rasmussen Rossiyani ogohlantirishni ham unutmadi.

“Agar Rossiya yana ham Ukrainaning ichiga ilgarilab boraversa, buni – hech ikkilanmay – tarixiy bir xato sifatida baholayman. Bu esa Rossiyaga nisbatan halqaro embargoning yana ham kuchaytirilishiga sabab bo’ladi”, deya ogohlantirdi Rasmussen.

Shuningdek yig’ilishda, bu hafta Amerika, Fillandiya va Shvedtsiya davlatlarining harbiy havo kuchlari Boltiq dengizi uzra harbiy mashg’ulot o’tkazishi ma’lum qilindi.

Ittfoqdosh kuchlarning bosh qo’mondoni Filip Breedlov bildirishicha, Rossiya Ukraina chegaralariga butun mamlakatni ishg’ol qilishga etarli darajada harbiy kuchlarini to’plagan. Breedlovga ko’ra, ular qaror kelishi bilan bu ishni 3-5 kunda amalga oshirishi mumkin.

Boshqa bir tarafdan AQSh va evropa ittifoqi energiya bo’yicha bitim tuzish maqsadida muzokara boshladi. Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vakili Ketrin Eshton va AQSh davlat kotibi Jon Kerri hay’atlar hamkorligida Bryusselda yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilishda barcha evropa davlatlari, xususan Ukrainani Rossiya energiyasiga bo’lgan ehtiyojini kamaytirish yo’llari izlanayotgani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.