Qirg’izistonda yangi muftiy saylandi

470
0

images (5)Bugun 4 mart kuni Bishkekda Qirg’iziston musulmonlarining navbatdan tashqari V qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda respublikaning turli nuqtalaridan kelgan 200 delegat qatnashdi.

Qurultoyda Maqsatbek hoji To’qto’mushev Qirg’izistonning yangi muftiysi etib saylandi. Shu paytgacha To’qto’mushev muftiy vazifasini bajaruvchi bo’lib ishlab kelayotgan edi. Uni qurultoyga yig’ilgan delegatlarnineg 99 foizi qo’llab-quvvatladi.

Yangi muftiy o’z faoliyatini hanafiylik asosida olib borishini, diniy savodsizlikka, ekstremist va radikal oqimlarga qarshi kurashishini ma’lum qildi.

41 yoshli Maqsat To’qto’mushev avvallari mudarris, imom xatib, Bishkek shahar qozisi va muftiy o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, qurultoyda ulamolar kengashi tomonidan Qirg’iziston musulmonlari idorasining yangi nizomi tasdiqlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.