Moskva AQSh tomonidan Qozog’istonda biolaboratoriya tashkil qilishidan xavotirda

423
0

Bakteriologik (biologik) va toksik qurollarni ishlab chiqish va zaxiraga yig’ishni taqiqlash hamda ularni yo’q qilish bo’yicha Konventsiya (BTQK)ga a’zo davlatlarning ekspertlari uchrashuvida ishtirok etgan rossiyalik manbaning RIA Novosti axborot agentligiga bildirishicha, Moskva AQSh harbiy idorasi tomonidan Gruziya, Urkaina va Qozog’iston hududida biologik qurolning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishga mo’ljallanishi mumkin bo’lgan yuqori darajali himoyalangan biolaboratoriyalar tashkil qilishidan xavotirda.

“AQSh harbiy idorasi bizning chegaramiz oldida yuqori darajali himoyalangan, jumladan biologik qurolning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishga ham mo’ljallanishi mumkin bo’lgan biolaboratoriyalar qurishiga Rossiya o’z munosabatini bildirmasligi mumkin emas”, – dedi u.

Rossiya Federatsiyasining ma’lumotlariga ko’ra, AQSh harbiy idorasining biolaboratoriyalari Gruziya, Ukraina va Qozog’istonda joylashadi. Bu davlatlar o’z hududlarida “amerikalik harbiy laborantlar BTQK ga xilof amaliyotlarni o’tkazmasliklarini” nazorat qila oladigan biotexnologiya sohasida etarli darajada tajribaga ega emaslar, – deya xabar bermoqda Qozog’iston OAVlari.

Turkiston:

AQSh va Rossiya o’rtasidagi kurash faqat siyosiy va iqtisodiy sohalardagina cheklanib qolmay, bir-birlariga qarshi axborot urishini ham kuchaytirib borishmoqda. AQShlik siyosatchi va harbiylar Putin va uning atrofidagi siyosatchilarni qilayotgan ishlarini “ahmoqlik” deb atab, Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan siyosatini imkon qadar hunuk ko’rsatishga intilishayotgan bo’lsa, Rossiya OAVlari Yevropa davlatlaridan kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini nomoyishkorona yo’q qilinayotganini tinimsiz ko’rsatib kelishmoqda.

Ular o’rtasidagi kurash faqat shu bilan cheklanib qolmay, AQSh imkon qadar Rossiyani yana qayta “sovuq urish” holatiga tortishga harakat qilmoqda. Bevosita o’z chegaralariga yaqin hududlarda NATO tomonidan harbiy mashg’ulotlar ko’paytirilganiga javoban Rossiya ham o’zining asosiy kuchlarini Yevropaga yaqin hududga joylashtirishga intilmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun Rossiyaga ayniqsa 9 may bayrami juda qo’l keldi.

AQSh Rossiyani imkon qadar harbiy sohaga ko’proq mablag’ sarflashga majbur qilish uchun uzoq yillardan beri Rossiya nufuzi ostida bo’lib kelgan respublikalarga siyosiy va harbiy yordam berishni oshirib bormoqda. Yuqoridagi kabi biolaboratoriyalarni tashkil etilishi ham shu reja asosida bo’lishini ehtimoli yuqori.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.