Xalifalik mavzusi “Twitter”da rekord o’rinni egalladi

478
0

1262-390x290

Melodiy hisob bilan 2014 yil 3 mart kuni Xalifalik davlati qulatilganiga 90 yil to’ldi. Ayni kunda “Twitter” ijtimoiy tarmog’iga joylangan “Men ham Xalifalikni istayman” heshtegi (Heshteg – bir mavzuga oid bo’lgan tivitlarni bir joyga jamlovchi shartli belgi) Turkiya matbuotini larzaga keltirdi.

Shu vaqtgacha Xalifalik davlati haqidagi mavzular Turkiyadagi “Twitter” ijtimoiy tarmog’ida peshqadam o’rinni egallab kelayotgan edi. Ammo 3 mart dushanba kuni “Men ham Xalifalikni istayman” heshtegi dunyo bo’yicha “Twitter” ijtimoiy tarmog’ida rekord darajaga ko’tarildi. 24 soat ichida 53134ta tivit qoldirildi, 29403 Retweet qilindi. (“Menga yoqdi” (Mne nravitsya) tugmachasi orqali ovoz berish yoki ularni iqtibos sifatida o’z sahifalarida keltirish Twitter ijtimoiy tarmog’ida “RT” yoki “Retweet” deyiladi). 2 million 180 ming kishiga etkazilganligi aniqlandi.

Bunday heshtegga duch kelmagan “Twitter” foydalanuvchilarining “Men ham Xalifalikni istayman” heshtegini ko’rib shoshib qolganliklari ularning qoldirgan tivitlaridan ma’lum bo’ldi. Juda ko’pchilik foydalanuvchilar qo’llab quvvatlagan bo’lsa, ba’zilari esa “Men ham Xalifalikni istayman” so’zini hazm eta olmadi. Bir qancha demokrat musulmonlar, kamolist (Ota turk parast)lar va ateistlar bunga qarshi birlashib hujum qilishdi. Ularning Xalifalik davlatiga qarshi gina adovatlari qoldirgan tivitlaridan ma’lum bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.