Tolibon otryadlari Turkmaniston chegaralarida paydo bo’lishdi. Ashxabod Afg’oniston imomlari bilan muzokara olib bormoqda

448
0

1389699358_alg-taliban-jpg

“Tolibon” xarakati Turkmaniston bilan chegaradosh Faryob provintsiyasini o’z nazorati ostiga olganlar. Jangarilarning maxsus otryadlari esa, aynan chegara hududi paydo bo’lganlar. Bu xaqda 16 fevral kuni RFE-RL radiosi xabar tarqatdi.

Radioga ko’ra, O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’iziston kabi mintaqaning boshqa davlatlari NATO askarlari 2014-yili chiqib ketadigan Afg’onistondagi vaziyatdan o’z xavotirlarini bildirib, yuqori darajadagi harbiy tayyorgarlik holatida turgan va terrorga qarshi tinimsiz mashg’ulotlar o’tkazib turgan bir paytda Ashxabod 1990-yillarda qo’llangan tajribani ya’ni tinchlik va totuvlik strategiyasini amalga oshirishga umid bildirmoqda.

Umuman olganda Turkman hukumati Afg’onistonda yashaydigan turkman liderlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Rasmiy Ashxabod o’zining “betarafligini” namoyon etib, toliblarning chegara xududlaridagi faoliyatini “sezmagan” holda Faryobni oziq ovqat va elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda. Shu kunlarda bir gurux afg’on imomlari, ular orasida Tolibon bilan yaqin aloqada bo’lgan shaxslar Turkmanistonning rasmiy vakillari bilan, shu jumladan tashqi ishlar vaziri Velo Xodjiev bilan uchrashganlar. Ozodlik radiosining turkman xizmati bu xaqdagi xabarni turkman hukumati delegatsiyasi a’zolari tomonidan qo’lga kiritgan. Davlat ommaviy axborot vositalarida esa, bu xaqda ma’lumot berilmagan.

RFE-RL radiosiga ko’ra, 1990-yillari toliblar Afg’onistonning katta qismini o’z nazoratlari ostiga olgan paytda Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalaridan farqli o’laroq Turkmaniston bunga o’zining salbiy munosabatini bildirmagan. Ashxabod Tolibon hukumatini rasmiy tan olmagan, biroq, ularga Turkmanistonda o’z vakolatxonasini ochishlariga va 1999-yili toliblar bilan Shimoliy alyansga Afg’onistonda tinchlik o’rnatish borasida muzokara o’tkazishga ruxsat bergan. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, “Afganistan.Ru” saytining ta’kidlashicha, Turkmaniston, Afg’oniston, Pokiston (TAPI) hududlari orqali gaz quvurlarini o’tkazish rejasi ham 1990-yili ya’ni toliblar Afg’onistonning katta qismini egallab turgan bir paytda ilgari surilgan edi.

RFE-RL muxbirlarining ma’lumotlariga ko’ra, ayni damda toliblar chegara hududidagi Faryob va Jauzjan provintsiyalarida o’z mavqiflarini mustaxkamlashmoqda. Ularning safini etnik turkman va o’zbeklar kengaytirmoqda. Ulardan 360 tasi xozir Siriyadagi mujohidlar safida tog’ut Asadga qarshi kurashmoqda.

Turkmaniston kuch ishlatar tizimlari yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan qurolli guruhlarga qarshi qanday xarakat qilarkin? Axir, Turkmaniston Xavfsizlik xizmati kuchlari hokimiyatga qarshi kurash u yoqda tursin, o’zlarining haq huquqlarini ham himoya qila olmaydigan “ezilgan, mazlum,qo’rqoq” aholi bilangina muomala qilishni biladi. Qolaversa, Turkmaniston beqarorlik maqomini ushlab, xech qanday siyosiy-harbiy bloklarga qo’shilmagan. Unga tashqaridan hujum bo’lsa yoki o’zining ichidan o’t chiqib ketsa, tashqaridan xech qanday yordam kuchi kelmaydi. Bu muammoni hal qilish mamlakat armiyasining harbiy saloxiyatiga bog’liq bo’ladi. Jamoatchilik va siyosiy tahlilchilarni ayni shu narsa o’ylantirmoqda.

Siz bilan biz musulmonlarni esa, boshqa masala o’ylantiradi. Xo’sh, Turkmaniston toliblarga nisbatan beqaror maqomda turgan ekan, bu turkman xalqi uchun yaxshi. Ammo, AQSh va NATO kuchlari Afg’onistonga urush boshlaganda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bunga qarshilik bildirishmadi. Bil’aks, O’zbekiston va Qirg’iziston o’zining hududidan bosqinchi kofirlarga baza ochib berishdi. Kofirning harbiy uchoqlari shu joylardan uchib borib, afg’on xalqini-musulmonlarni qirg’inbarot qilib keldi. Necha-necha oilalarning yostig’i quridi. Biz uyimizni kofirga ijaraga berdik. U ijaraga kirishidan oldin “men sening musulmon qo’shningni o’ldiraman”, deb ochiq aytdi. Biz esa, parvo qilmadik; “o’ldirsang, o’ldiraver”,- dedik. Kofir borib, musulmon qo’shnimizni o’ldirdi. Xo’sh, biz qanday mo”minmiz? Axir, Qur’onda “Albatta mo”minlar bir birlari bilan birodardirlar”,-deyilgan. Rasululloh(S.A.V) “Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm ham qilmaydi, yordamsiz ham tashlab qo’ymaydi ….”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.