“Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, uning uchun tang – baxtsiz hayot bo’lur”

566
0

ф

Tataristonda musulmonlarga nisbatan zulm ortib borar ekan, dunyoning turli joylarida, jumladan Iordaniyada ham xolis muslim va muslimalar tarafidan norozilik kompaniyasi davom etmoqda.

Qo’llarida Tataristondagi musulmonlar bilan hamdard ekanliklarini ifodalovchi shiorlar yozilgan lozunglar ko’tarib olgan Muslima opa-singillarimiz Iordaniyadagi katta masjid oldida namoyish o’tkazishdi.

Muslimalar “Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, uning uchun tang – baxtsiz hayot bo’lur”, nomli norozilik namoyishi chog’ida hayotdagi barcha muammolar va qiyinchiliklarning birdan-bir sababi Allohning hukmlarini hayotda ijro qilinmayotganligi ekanligini ta’kidlar ekan,

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا

Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo’lur”, (Toha 124) oyatini odamlarning esiga solishga harakat qilishdi. Bu haqida bitilgan maxsus risolani o’tgan-qaytganlarga ulashgan Muslimalar Xalifalik davlatini tiklash har bir musulmon erkak va ayolga farz ekanligini yig’ilganlarga etkazishdi.

Shuningdek, Iordaniyadagi Hizbut Tahrir a’zolari Iordaniya-Rossiya do’stlik jamiyatining rahbari doktor Iso al-Dibah va Iordaniya-Rossiya madaniyat markazining bosh mudiri doktor Vadim Zaskovni ziyorat qildi.

Ziyorat chog’ida Hizb yigitlari bu ikki hay’atga Rossiya hukumati tarafidan Tatariston va Rossiyadagi musulmonlarga nisbatan qo’llanilayotgan jinoyatlar, adovat va nafrat bilan qilinayotgan muomalalar yoritilgan bayonotni topshirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.