Kievdagi tartibsizliklarda 25 kishi halok bo’ldi

377
0

DETAIL_PICTURE__84709851

Ukraina Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 18 fevral kuni Kievda yuz bergan tartibsizliklarda 25 kishi halok bo’lgan.

8 kishi kasalxonaga yotqizilganidan so’ng, 4 kishi esa IIV gospitalida olamdan o’tgan. Halok bo’lgan 13 kishi Kiev shahar sud-tibbiyot ekspertizasi klinik byurosiga olib borilgan.

Muxolifat va hukumat kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlarda jarohat olgan 350 kishi tibbiy yordam so’rab murojaat qilgan, 240 kishi kasalxonalarga yotqizilgan. Ulardan 79 nafari huquq-tartibot organlari xodimlari, 5 nafari esa jurnalistlardir.

Muxolifat tarafdorlari va hukumat kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlar 18 fevral tongidan beri davom etyapti. Norozilik namoyishi qatnashchilari Oliy Rada binosiga kirishgan uringan mahal tartibsizliklar boshlanib ketgan.

Turkiston:

Ukraina xam, xalqaro siyosatdagi etakchi davlatlarining manfaatlari o’rtasida strotegik axamiyat kasb etib qolganidan jabr tortmoqda. U G’arb mashinasi bilan Rossiya o’rtasida, ikki xil standart, ikki xil mintolitet va manfaatlar qarama qarshiligi o’rtasida qoldi. Ana shu uzoq yillar mobaynida shakllanib etilib pishib kelgan omillar, xar ikki tomonga qo’l kelmoqda. Ukrainadagi boshlangan grajdanlar urushi, davlatni bo’lib yuboradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.