Olmaotada tenga qadrsizlanishiga qarshi namoyishlar davom etmoqda

447
0

140215143939_almati_protest_304x171_youtubeQozog’iston Milliy banki 11 fevral kuni milliy valyuta tengani dollarga ayriboshlashni 155 tenga darajasida ushlab turishni bekor qilish va tenganing qayta shakllanish jarayoniga aralashishni qisqartirishga qaror qildi. Buning natijasida esa tenganing dollarga nisbatan qiymati 20%ga tushib ketdi. Milliy bank tomonidan yangi ayriboshlash narxi, bir AQSh dollari uchun 185 tenga qilib belgilandi.

Dollar narxini keskin oshib ketishiga qarshi 15-16 fevral kunlari Olmaota shahrida norozilik namoyishi bo’lib o’tdi. Turli manballarning xabar qilishicha, mazkur norozilik namoyishida 200dan 400tagacha odam ishtirok etgan va ularning aksarini yoshlar tashkil etgan.

Namoyishchilar avvaliga Respublika san’at saroyi yonidagi Abay haykali atrofida yig’ilishga harakat qilishgan. Biroq, haykal atrofini temir panjara bilan o’rab olgan politsiya bunga izn bermagan. To’planganlar “Chol ket” deya hayqirib, Nazarboevning iste’fosini talab qilgan. Politsiya ushbu aktsiyani shaharliklar ko’rmasligi uchun kerakli choralarni ko’rdi. Namoyishchilar yig’ilgan tratuarning yo’l tomoni baland kamazlar bilan o’rab olindi.

Hukumat rasmiylari bu namoyish noqonuniy ekanligini aytib, odamlarni tarqalishga undagan. Biroq, namoyishchilar tarqalmay shahar hokimiyati binosi sari yurishgan. Avvaliga politsiya namoyishchilardan yo’lga chiqib ketmaslikni talab qilgan, keyinchalik esa faol bo’lgan namoyish ishtirokchilarini hibsga olishni boshlagan va namoyishchilardan o’z mobil telefonlari orqali videoga olgan bugungi xodisalarni ko’rsatishlikni talab qilgan.

Ayrim manbalarning xabar qilishicha, norozilik namoyishida faol bo’lgan o’ttizga yaqin odam qo’lga olingan, kamida bir kishi sud qarori bilan 10 sutkaga hibs qilinib, o’ndan ortiq odamlar esa jarimaga tortilgan.

Turkiston:

Qozog’iston o’z milliy valyutasini dollor bilan markaziy banki orqali qo’llab turishdan bosh tortdi. Rossiya xam rublni, deyarli Qozoq tengasi barobarida inflyatsiyaga uchrashiga yo’l qo’ydi. Albatta bu ishlar Qirg’iz somiga xam ma’lum darajada ta’sirini o’tkazdi. Bu be’parvolikmi yoki biror ko’zlangan maqsad sari xarakatmi? – Biror milliy valyutaning qadrsizlanishi o’z davlatiga manfaat yoki kulfat xam olib kelishi mumkin. Bu esa, o’sha davlatning ishlab chiqarish tarmog’ining qay darajada yo’lga qo’yilganiga bog’liq. Yuqoridagi inflyatsiyadan bir necha manfaatlar ko’zlangan bo’lishi mumkin.

1. “Bojxona ittifoqi” ga qo’shilish arafasida turgan Qirg’izistondan oqib kelayotgan qonuniy va noqonuniy mollardan ko’zlangan manfaatlarni sindirish.Shuning bilan Bishkekdagi Dordoy bozoriniga va o’nikib borayotgan tikuvchilik tarmoqlariga xam avvalgi iqtisodiy zarba berilgan bo’ladi. Chunki shu ishlar bilan bir qatorda Qozoq xukumati, shaxslar tomonidan Qirzizistondan olib kirishlari mumkin bo’lgan mollar ko’lamini ancha qisqartiradigan qonunlar xam qabul qila boshladi.

2. BIga a’zo davlatlar, xossatan Rossiya, rublni dollorga nisbatan qadrsizlantirish orqali, ichki ishlab chiqaruv mexanizmini qayta yurib ketishidan umid qilib uni qo’llab yuborishni ko’zlaydi. Chunki rublning arzonlashi, Rossiya mollarining xam arzonlashiga sabab bo’ladi albatta. Bu esa, tashqaridan qimmat valyutaga kiradigan mollarning vaqtincha bo’lsa xam tannarxlarini ko’tarilib turishiga sabab bo’ladi.

3. Yurtlarini tashqi investorlardan ma’lum darajada tozalash yoki ularni ogoxlantirib qo’yish. Bir vaqtning o’zida ularni jalb xam qilishni qasd qilinadi, lekin yangi shart sharoitlar bilan. Rossiya dunyoga “YevroOsiyo ittifoqi” xududi ichida nimalar qila olishi mumkinligini namoish qilayotgandek. U “Yevropa ittifoqi singari yopiq iqtisodiy sistema yaratib, unda iqtisodiy, moliyaviy tarmoqlarni ma’lum darajada, xalqaro sistemadan aloxida o’zi boshqara olishi mumkinligini ko’rsatib qo’ymoqchi. Chunki ba’zi davlatlar bu ittifoqning tuzulishi va jonlanib ketishidan umidsizlanib borishmoqda. Lekin xalqaro sistema uning ta’siri ostida emas. Shuning uchun xali uning maqsadlari chappasiga ketib qolishi xam ehtimoldan holi emas.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.