Ikkinchi urinish ham nаtija bermadi

855
0

images (11)

Suriya inqiroziga echim topish uchun o’tkazilayotgan Jeneva-2 konferentsiyasining ikkinchi davrasi ham natijasiz yakunlandi.

Yig’ilishdan so’ng uyushtirilgan matbuot anjumanida gapirgan BMT va Arab davlatlari ligasining Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy Suriya rejimining vakillari Suriyada muvaqqat hukumat qurish bandini rad qilayotganini bildirdi.

“Suriya milliy koalitsiyasining vakillari Suriyada muvaqqat hukumat qurish talabida qattiq turishipti. Ammo rejim tarafdorlari esa terroristlarga qarshi jangni davom ettirish taklifini olg’a surmoqda”, dedi Brahimiy “terroristlar” deganda Asad rejimiga qarshi kurashayotgan jihodiy guruhlarni nazarda tutib.

22 yanvarda boshlangan Jeneva-2 konferentsiyasining birinchi davrasida ham arzigulik natijaga erishilmagan edi. Bu safar ham muzokarachilar boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Shu sababli Lahdar Brahimiy Suriya xalqidan uzr so’radi. Ibrohimiyga ko’ra, go’yo Suriya xalqining bu konferentsiyadan umidi katta bo’lgan.

“Suriya halqi qonli urushlardan qutilish yo’li topilib qolar, deb katta umid bilan ko’z tikib turgan edi”, deydi BMT va Arab ligasining vakili.

Turkiston:

Suriya halqi Jeneva-2 konferentsiyasidan hech narsa kutmayotganligini Ibrohimiy juda yaxshi biladi. Nafaqat Ibrohimiy, buni butun dunyo ko’rib, bilib turipti. Chunki yillar davomida turli balolarni boshidan kechirgan xalq, xususan oxirgi kunlarda ochlikdan eti suyagiga yopishib o’layotgan bo’lsa ham biror marta mujohidlarga qarata “Bas qiling, qiynalib ketdik, qanday tuzum kelsa ham mayli, biz shunga rozimiz”, degan emas. Balki “Biz Islomdan boshqasiga rozi emasmiz”, degan kalima ularning og’zidan hech tushmayapti.

Biroq Ibrohimiyga ham qiyin bo’ldi! nima qilsin, bechora. Tezroq muvaqqat hukumatni tuzmasa bo’lmaydi. Chunki Suriyada kechayotgan har bir hodisa kundan-kunga Islom ummatining ko’zi ochilib, “haqiqiy adolat Islom shariatining tatbiq qilinishida” ekanligini anglab etishiga sabab bo’lmoqda.

Boshqa bir tarafdan muvaqqat hukumatni tuzsa buning oqibati ham yaxshi bo’lishiga ko’zi etmayapti. Chunki Asad rejimiga qarshi kurash olib borayotgan jihodiy guruhlar milliy koalitsiyani umuman tan olishmayapti.

Agar Asad ketib uning o’rnini milliy koalitsiya egallaydigan bo’lsa nima bo’ladi, buyog’i noma’lum. Shariat qonunlarini ijro qilish uchun jihod qilayotgan guruhlarning qo’li baland kelib hokimiyatni egallab olmasligiga va Xalifalikni e’lon qilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Shuning uchun AQSh va G’arb davlatlari Asad rejimining hokimiyatda qolishiga ko’z yumishdan o’o’zga chora topisha olmayapti. Agar AQSh Asadning ketishini istasa, u bir lahza ham u erda qola olmaydi, hatto “nega endi”, deb so’rashga ham botina olmaydi. Lekin milliy koalitsiya ham, undan boshqasi ham Asadning o’rnini bosishiga AQShning ko’zi etmayapti.

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.