Markaziy Afrikada qatliom davom etmoqda

489
0

news11

Markaziy Afrika respublikasidagi frantsuz askarlari sonini oshirish haqida qaror qabul qildi. Qarorga ko’ra, qo’shimcha tarzda yana 400 harbiy yuboriladi.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun chorshanba kuni bergan bayonotida Frantsiyani harbiylar sonini ortirishga chaqirgan edi. O’tgan yilning dekabr oyida o’z faoliyatini boshlagan Frantsiyaning hozirda Markaziy Afrika respublikasida 5500 harbiysi mavjud.

Frantsiya hukumatining da’vosiga ko’ra, frantsuz kuchlari Markaziy Afrika respublikasida tinchlikni saqlab turish uchun yuborilmoqda.

Ammo u erdagi musulmonlarning ma’lum qilishicha, hukumat va Frantsiya askarlari kechayotgan hodisalarga beparvo qarab turishipti. Hatto poytaxt Bangidagi masjidga uyushtirilgan hujumda tinchlikni saqlash da’vosi bilan kelgan frantsuz askarlarining o’zlari musulmonlarni qatliom qilishda ishtirok etgan.

43615-300x138O’zini Mesasoud deb tanishtirgan kishining axborot agentliklariga aytishicha, musulmonlarga qarshi tuzilgan “anti-balaka” guruhi har kun musulmonlarni o’ldirish, tiriklayin yoqib yuborish, parchalab tashlash bilan shug’ullanishiga qaray, hukumat ham, tinchlikparvar kuchlar ham bu guruhga qarshi hech qanday chora ko’rmayapti.

“Tinchlikni ta’minlash uchun kelgan Frantsiya askarlari musulmonlarni vahshiylik bilan o’ldirayotgan “anti-balaka” guruhi tarafida turipti”, deydi nomini oshkor qilishni istamagan yana bir musulmon.

Turkiston:

Ko’p miqdorda oltin, olmos va boshqa tabiiy erosti boyliklariga ega bo’lishiga qaramay dunyoning eng faqir davlatlaridan biri bo’lgan Markaziy Afrika respublikasi o’zining mustamlakachisi bo’lgan Frantsiya nazorati ostida musulmonlar qatliomi uchun sahnaga aylandi. Musulmonlarga qilinayotgan vahshiyliklar frantsuz askarlarining ko’z o’ngida, hatto ularning ishtirokida tog’u-toshlarni ham yig’latadigan darajada amalga oshirilmoqda. Musulmonlarga nisbatan vahshiyliklar faqatgina Markaziy Afrika respublikasi emas, dunyoning har erida amalga oshirilmoqda. Bu holat Xalifalik davlati qulatilgan kundan boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Agar musulmonlarning boshida bitta xalifa bo’lganda edi kofirlar aslo bunday ishga qo’l urishga jur’at qila olmagan bo’lardi. Tarix bunga guvoh. Faqat Xalifalik davlatigina bu ishlarga barham bera oladi.

Shuning uchun Xalifalik davlatini tiklash orqali musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday ishlarga chek qo’yishga harakat qilishi har bir musulmonga vojibdir. Bu ishlarni ko’rib, eshitib harakatga kelmaslik musulmonning ishi emas. Chunki musulmon musulmonlarning ishlari haqida qayg’urishga va tomoshabin bo’lib turmaslikka buyurilgan. Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:

«… وَمَنْ لَمْ يَهْتَمَّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِيْنَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ»

«… Kimki musulmonlar ishiga ahamiyat bermasa, u ulardan emas».

Bu esa musulmondan musulmon birodarini mudofaa qilishni va uni yordamsiz tashlab qo’ymaslikni talab qiladi.

Qiyomuddin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.