AQSh kongressi Davlat departamentiga O’zbekistonga harbiy qurol-yaroq etkazib beradi

413
0

download

AQSh kongressi Davlat departamentiga O’zbekistonga harbiy qurol-yaroq etkazib berishga ruxsat berdi.

Kongress vakili, “Bu AQShga O’zbekiston hukumatiga yordam ko’rsatish imkonini beradi. Yetkazib beriladigan harbiy uskunalar O’zbekistonni transmilliy va terroristik tahdidlar bilan kurashdagi imkoniyatlarini oshiradi. Yetkazib beriladigan harbiy uskunalar orasida, tunda ko’rish moslamalari, GPS apparatlari, individual mudofaa vositalari bor. O’zbekistonning mudofaa imkoniyatlari oshishi AQShning Afg’oniston ta’minoti tarmog’i xavfsizligini kuchayishiga va o’z harbiy qo’shinlarimizni qo’llash imoniyatlarimiz oshishiga yordam beradi”, – dedi.

O’zbekiston yana taktik uchuvchisiz apparatlar ham oladi. Bulardan tashqari O’zbekiston hukumati AQSh Afg’onistondan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketayotgan vaqtda minaga chidamli bo’lgan mashinalar olib qolishga ham harakat qilmoqda.

Turkiston:

AQSh hukumati O’zbekistonga bir qator harbiy texnikalarni etkazib berishga cheklovni 2004 yili joriy qilgan edi. Bunga AQSh hukumati “mazkur davlatda so’z erkinligi cheklanayotgani, huquq himoyachilari ta’qib qilinish va fuqarolik jamiyati bosim ostida qolayotgani”ni sabab qilib keltirgan edi. Andijon qatliomidan so’ng, AQSh bu ish uchun O’zbekiston hukumatini tanqid qilishi ortidan O’zbekiston-AQSh munosabatlari yanada yomonlashgan, o’z odatiga ko’ra ikkiyuzlamachi Karimov o’zini yana qayta Rossiya “quchog’iga” otgan edi.

Biroq AQSh Afg’onistondagi o’zining bosqinchi kuchlarini ta’minlash uchun Pokiston hududi orqali o’tadigan janubiy ta’minot tarmog’i Tolibon mujohidlari hujumlari kuchayib ketishi sababli xavfli bo’lib qoldi. Shundan so’ng O’zbekiston yana qayta Amerika uchun “hayotiy muhum” nuqtaga aylandi va Barak Obama ma’muriyati Kongressda cheklovni bekor qilish taklifini ilgari sura boshladi va nihoyat 2011 yili O’zbekiston hukumati AQSh qo’ygan talablarni birortasini ham bajarmaganiga qaramay AQSh kongressi “milliy xavfsizlik e’tibori bilan” cheklovni bekor qilish va O’zbekistonga harbiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qildi.

Chunki barcha ishlarni moddiy manfaat ustiga quradigan kapitalistik davlatlar manfaat bor joyda shayton bilan ham shartnoma imzolashga tayyor turadilar. O’zbekistonda minglab musulmonlar o’z e’tiqodlari sababli qamoqxonalarda azob chekishayotgan va yuzlab musulmonlar daxshatli qiynoqlar ostida o’ldirilayotgan bir vaqtda AQSh davlat kotibasi Xillari Klinton 2011 yil oktyabr oyida Karimov bilan Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng “O’zbekiston inson huquqlari vaziyati bo’yicha va siyosiy erkinliklarni kengaytirish masalalarida ijobiy tomonga o’zgarganini namoyish qilmoqda. AQSh davlati O’zbekiston bilan munosabatlarini mustahkamlamoqchi. AQSh inson huquqlari muammosi bo’yicha muhokamalar o’tkazishda davom etaveradi, lekin O’zbekiston hukumati bilan bo’layotgan muloqotlar o’z natijasini bera boshladi” deb aytib o’tgan edi. Do’stlaringizga yuboring

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.