Tatariston musulmonlariga yordam berish kampaniyasiga qo’shiling!!!

439
0

загруженное (8)2014 yilning yanvar oyi oxirlaridan boshlab Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati Tataristondagi musulmonlarga nisbatan qiynoqlar, qamoqqa olish, tintuv, o’g’irlab ketish amaliyotlarini yanada vaxshiyona usulda, yangi kuch bilan ommaviy ravishda boshlab yubordi. Hukumatning bunday razil ishlari ko’pligidan hatto ularning hisobini cheki bo’lmay qoldi. Zolim hukumat Islom va musulmonlarga qarshi qurashida faqat Tatariston bilangina cheklanmadi, balki bunday kurashlar Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham keng ko’lamda olib borilmoqda.

Ayni damda Nijnekamsk va Chistopol shaharlaridagi qamoqxonalarda asossiz ravishda, 2013 yil dekabr oyidagi xolatlardan so’ng zulmga uchragan va qamalgan bir necha o’nlab musulmonlar yotibdi. Ularni turli qiynoqlar bilan qiynashmoqda, urishmoqda, xorlashmoqda. Ushbu musulmonlarning ba’zilarini umurtqalari, ba’zilarini qovurg’alari, ba’zilarini esa ikkala oyoqlari sindirilgan. Bir birodarimizning jinsiy a’zosi kuchli kuydirilgan.

c109b4d601a61b1e89f589437adef185Battol hukumat faqat shu bilan kifoyalanib qolmay o’z yaqinlari, erlari va farzandlari himoyasi uchun chiqqan qarindosh-urug’larini ham ta’qib va tazyiq ostiga olib, qo’rqitib, uylarida hech bir asossiz yangi tintuvlar o’tkazmoqda.

Chechenistonda o’n minglab musulmonlar qonini ichib to’ymagan qonxo’r Putin endilikda o’z razil rejalarini Tataristonda amalga oshirishga harakat qilmoqda.

2014 – yil yanvar oyining ikkinchi yarmida Tataristonning deyarli xamma shaharlarida, Qozon, Nijnekamsk, Yelabuga, N.Chelna, Almetevsk, Nurlat, Chistopol, Aznakaevolarda musulmonlarning uylarida hech qanday asossiz taftishlar, tekshiruvlar o’tkazildi. Bundan tashqari boshqa shaharlarda ham iymoni borlarga qarshi turli sud jarayonlari va jinoyat ishlari olib borilmoqda. Musulmonlarga qarshi kurashni ommaviy ravishda boshlash uchun Rossiya hukumati 2013 yil 30 dekabr kuni Volgogradda qo’poruvchilik harkatlarini uyushtirdi va bu qo’poruvchilik harakatlarida Rossiyada faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasini aybdor qilishga harakat qildi.

2014 yil 20 yanvarda Tatariston ichki ishlar vaziri A. Xoxorin mamlakatda bo’lib o’tgan portlashlar va topilgan bombalar haqida gapira turib, “ …Biz hammamiz FQB (FSB) bilan birgalikda, bor kuchimizni bir erga jamlab, ushbu jinoyatlarni uyushtirganlarni, xususan “Hizb ut-Tahrir” jamoasi a’zolarini ushlab, ularni sud oldida javobgarlikka tortishimiz kerak. Bironta jinoyatchi javobgarlikdan qochib qutula olmasligi shart,” – dedi.

1387477487_1Rossiya hukumati Tataristonda musulmonlarga qarshi zulmlarini kuchaytirgan hozirgi vaqtda musulmon birodarlarimiz bizlardan yordam kutishmoqda, yordamga chorlashmoqda.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “Mo’minlar bir-birlariga mehr-muhabbat va g’amxo’rlikda bamisoli bitta tana kabidirlar. Agar tanadagi bir a’zo og’rib qolsa, qolgan a’zolar bedorlik va istima bilan unga jo’r bo’lishadi”, deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Ey Markaziy Osiyodagi musulmonlar!

Alloh yo’lida Tatariston musulmonlar himoyasi uchun turinglar!

VKontakte, Odnoklassniki, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmog’laridagi o’z sahifalaringiz orqali quyidagi chaqiriqlarni qo’llab-quvvatlanglar: “Qiynoqlar to’xtatilsin!”, “Soxta jinoiy ishlar to’xtatilsin!”, “Qiynoqlarga aloqadorlar jazolansin!”, “Musulmonlarning qatag’on qilishga yo’l yo’q!”

Bizlar o’z harakatlarimiz, qilayotgan duolarimiz bilan Tataristonda zulm chekayotgan musulmonlarga yordam berishga oshiqaylik!

Alloh Taolo aytadi; “Agar ular din yo’lida sizlardan yordam so’rasalar, yordam qilish zimmangizdadir” [Anfol: 72]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.