Qachongacha?

416
0

загруженное (3)

28yanvar kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida mudhish hidisa yuz berdi. Dushanbening Qarotegin ko’chasida yashovchi, Tojikiston Texnik universiteti xodimasi, Maydamoh Umarova o’zining va uch nafar farzandining ustiga benzin sepib yoqib yubordi. U hatto balog’atga etmagan qizlariga ham rahm qilmadi.

O’sha kuni Maydamoh Umarova o’zinig ota uyida edi, u va qarindoshlari orasida tortishuv yuzaga kelib, natijada ayol shu ishga qo’l urdi. Shu zahotiyoq tez yordam chaqirilib ularni kasalxonaga olib borildi. Lekin afsus, fojianing ikkinchi kunida Umarovaning ahvoli og’irlashib hayotdan ko’z yumdi. Hozircha qizlarning holati og’ir bo’lib, to’ng’ich qizning 50%, o’rtanchasining 35% va eng kichigi to’qqiz oyli qizaloqning 25 % tana a’zosi kuygan.

Marhumning qo’shnilarining aytishicha oxirgi paytlarda u o’z hayotidan shikoyat qilardi, yaqin qarindoshlari, hatto eri bilan ham munosabatlari yaxshi emasdi. Bunga qo’shimcha, juda katta miqdorda qarzi bor ekan. “Maydamoh turmush qiyinchiliklariga dosh berolmadi boshqa najot chorasini topolmasdan shunday qildi, bechora. . . “-dedi qo’shnilardan biri.

Yana bir xabar; o’tgan yilning dekabr oyida tug’uriqxonalarnig birida sog’lom bir o’g’il bola dunyoga keldi. Ota-onasining xursandchiligi cheksiz edi. Ammo bu hol uzoqqa cho’zilmadi. To’satdan onasining ahvoli yomonlasha boshladi. Duxturlar tekshiruvdan o’tkazib unga anemiya, ya’ni kamqonlikning eng og’ir darajasi tashxisi qo’yildi. Ona muolaja ola boshladi. Noiloj qolgan ota esa ko’dakni o’zi bilan uyga olib ketib bola tarbiyasi bilan bir o’zi shug’ullana boshladi. Bu oila boshqa joydan ko’chib kelgan bo’lib, bu shaharda xech qanday qarindoshlari yo’q edi. Ko’dak onasining ahvoli kundan-kunga og’irlashib borardi. Muolajaga ketgan xarajatlarning hajmini gapirmasak ham bo’ladi… Xullas noiloj qolgan ota o’z bolasini sotib ayoliga pul topishga qaror qiladi. Bundan xabar topgan militsiya xodimlari uni qo’lga olishib, uning bo’yniga “odam savdosi” aybini yuklab hibs qilishdi. Kasalxonada kerakli miqdorda pul kelmaganligi uchun ayol qarovsiz qoldi , ahvoli tobora zaiflashib dunyodan ko’z yumdi.

Bu ikki ayanchli hodisaning asosiy sababi nimada? Qachonlardan buyon hanuz Sovet ittifoqi davrida tojik ayollarining orasida o’z-o’ziga o’t qo’yish bir oddiy odatiy “modaga” aylangandi. Ammo hanuzgacha davom etayotgan bunday mudhish odatga qarshi hech kimsa to’g’ri chora izlamadi, yoki aniq echim topolmadi. Keling bu holatning sabablariga imkon qadar yorqinlik kiritsak:

Birinchi va asosiy sababi bu kufr tuzumining razilona qonunlaridir. Bu tuzumda insonga hayvonlarcha, hayvonga esa odamdan yaxshiroq muomila bildirishadi. Agar mabodo biror hayvon soni kamayib qolsa darhol konferentsiyalar uyushtirilib , uning nav’ini saqlab qolish uchun chora-tadbirlar ko’riladiyu, ammo insonlar xorlikda qolsa o’sha mazlumning o’zini farosatsiz deya mazammat qilishadi. Hatto dindor ulamolar ham ularning gunohlari haqida gapiradilaru, bu muammoning echimi haqida lom-mim demaydilar. Bu botil sistemaning biror jihati yo’qki, inson muammolarini to’g’ri muolaja qilsa.

Ikkinchi sababi xalqning diniy marifatdan uzoqdaligidir. Ya’ni onalar farzandlarini sut emizishdan, yuvib tarab voyaga etkazishdan nariga o’tmaydilar. Axir farzandlar Allohning bizlarga bergan ham ne’mati va ham omonati bo’lib, biz ularning diniy tarbiyasi ustidan mas’ulmiz. Ota-ona avlodining ko’payganidan xushnud bo’lish bilan birga hushyor ham bo’lishlari lozim.

To’g’ri besh qo’l barobar emas, jam’iyat ma’rifatli va ularga ergashuvchilardan iboratdir. Bu erda din arboblarining loqaydligi sababli va laganbardor hokimlar aybi bilan xalq ham ma’navy va ham moddiy jihatdan qashshoqdirlar. Ergashuvchi Ummat manqurtlarcha ularning gaplariga ishonib jar yoqasiga kelib qoldi.

Yuqoridagi fojialardan xulosa qilgan holda yana bir marotaba eslatib o’tmoqchimiz. Agar biz o’zimizga iloji boricha tezroq bir musulmon boshliq saylamas ekanmiz bu holat davom etaveradi.

Aziz birodarlar molu joningiz bilan Allohning dini oliy bo’lishligi uchun harakat qiling. Faqat Xalifa bizlarning muammolarimizni o’zinikidan zarurroq biladi. Musulmonlarning hayotiga va dardu g’amiga befarq bo’lmang. Chunki Payg’ambar(salallohu alayhi vasallam) : -“ Qiyomat kunida har bir jon haqida so’ralasizlar”-deganlar.

Munavvara.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.