Jizzaxda maktab o’quvchilari metallolom va shisha idish yig’ishmoqda

471
0

images (4)

“Uznews.net” nashrining xabariga ko’ra, Jizzaxdagi maktablar bolalarni metallolom, bo’sh shisha idish va baklashka yig’ishga majburlamoqda, agar o’quvchi belgilangan normani bajara olmasa pul jarimasi solinadi.

Jizzax shahridagi direktori Dilfuza Sadriddinova bo’lgan 27- maktabda 1-9 sinf o’quvchilari yanvar oyi oxirlaridan boshlab majburiy ravishda temir-tersak yig’ishmoqda.

Quyi sinf o’quvchilari maktabga besh kilogrammdan, 4- sinfdan o’n kg, yuqori sinf o’quvchilari 15 kilodan temir-tersak topshirishlari zarur. Agar belgilangan norma bajarilmasa, o’quvchilar topshirmagan har bir kg metollalom uchun 400 so’mdan pul to’lashga majbur bo’ladilar. Mabodo o’quvchi matallolom ham, pul ham olib kela olmasa uni sinf oldida izza qilib, burchakka turgiz qo’yiladi. Ota-onalardan birini aytishiga ko’ra, metallolom yig’ish boshlanishidan oldin har bir o’quvchidan ming so’mdan puli topshirish talab qilingan.

Jizzax shahridagi 7- maktab direktori Nasrullo Mamatqulov o’quvchilarga shahardan bo’sh shisha idish va baklashka yig’ish vazifasini topshirgan. Yoshidan qat’iy nazar, har bir o’quvchiga uch kilogramm baklashka va besh donadan shisha idish topshirish vazifasi yuklatilgan.

Turkiston:

O’zbekiston prezidenti kazzob Karimov 2014- yilni “Sog’lom bola yili” deb nomlab, yosh avlodni “bekamu-ko’st” qilib tarbiyalash zarurligi haqda tinmay lof uradiyu, aslida esa uning maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodni yoshligidanoq mut’elikka, majburiy mehnatga, o’z haq-huquqini tanimaydigan qaloq shaxs qilib etishtirishdan iborat.

Tili boshqa-yu dili boshqa bo’lgan munofiq Karimov qaysi yilni qanda ataydigan bo’lsa, aynan o’sha yili “yil egalarini xorlash uchun barcha razil ishlarni amalga oshiradi. Aynan “Sog’lom bola yili”da nafaqat maktab o’quvchilari, balki bog’cha yoshidagi bo’lgan go’daklarga ham temir-tersak topshirish vazifasi yuklatildi.

O’zbekistoning “muxtaram” prezidenti maktab o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini “mazmunli tashkillashtir”, yoshlarni “noto’g’ri yo’lga” kirib ketishini oldini olish maqsadida, maktab o’quvchilarini bir daqiqa ham bo’sh vaqtlari qolmasligiga “muhum” e’tibor qaratmoqda. Bahor oylarida ommaviy hashar, paxta yaganasi va chopig’i bilan band qilsa, yoz oylarida turli hil buzg’unchi oromgohlar tashkil etadi, kuz oylariga kelib oliygoh talabalari, kollej, litsey va maktab o’quvchilarini “ishi” tayin, sentyabar oyidan to noyabrgacha paxta dalasida “javlon” urishadi. Qish oylariga kelib esa “o’zining farzandlari” taqdiridan “tashvishlangan mehribon ota” ularni temir-tersak, shisha idish va baklashkalar yig’ish bilan band qilmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.