Gaz va svetsiz “buyuk kelajak” sari

482
0

images (5)

Havo haroratining keskin sovib ketishi O’zbekiston xalqining shundoq ham qiyin kechayotgan hayotini yanada murakkablashtirib yubordi. Gazning yo’qligi, elektr tokini uzilishi surunkali tus olganligi sababli, qodir bo’lgani ko’mir bilan, ko’mir bo’lmasa tezak yoki uyidagi mevali daraxlar yo ko’cha kuydagi daraxtlarni garchi o’g’rilikcha bo’lsa ham kesib kelib uylarini bir amallab istitayotgan oilalarni shoshiltirib qo’ydi.

Havoning sovub ketganligi sababli respublikadagi deyarli barcha kollej, litsey, maktab va bog’chalar tarbiyalanuvchilari majburiy ta’tilga chiqarildi. Yo’llarning sirpanchiqligi va tozalanmaganligi sababli asosiy jamoat transporti hisoblangan “Damas” xaydovchilarining aksariyati ishga chiqishmadi. Buning natijasida esa odamlar ko’zlagan manzillari yoki ishxonalariga kech qolishdi. Kutilmaganda kelgan sovuq havo oqimi har yilgidek bu yil ham O’zbekiston qishga tayyor emasligini bildirib qo’ydi.

O’zbekiston aholisi elektr tanqisligidan azob chekayotgan bir vaqtda “O’zbekenergo” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi 2013- yilda 53,2 millliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargani to’g’risida xabar qildi. Ishlab chiqarilgan buncha miqdordagi elektr energiyasi O’zbekiston ichki ehtiyojini qondirishga etarli emasmi?

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig’ilishidagi nutqida “O’zbekistonning elektr energiyasiga bo’lgan talabi 2030 yilda joriy yilga nisbatan 2 barobar oshadi va 105 milliarddan ziyod kilovatt-soatni tashkil etadi”, – degan edi. Demak 16 yildan so’ng O’zbekistonni elektrga bo’lgan talabi ikki barobarga oshib 105 milliard kilovatt-soatni tashkil etadigan bo’lsa, u holda ayni paytdagi ichki ehtiyoj 50 milliard 250 million kilovatt-soatni tashkil etadi. Bundan kelib chiqib “O’zbekenergo” kompaniyasi o’tgan yili ichki ehtiyojdan 3 milliard kilovatt-soat ko’p elektr energiyasi ishlab chiqargan.

Ichki ehtiyojga etib ortadigan elektr toki ishlab chiqarilishiga qaramay O’zbekiston aholisi nima uchun soatlab va hatto kunlab svetsiz yashamoqda?

“O’zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi rais o’rinbosari Ro’ziqul Raimov “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining yig’ilishida so’zga chiqib, 2013- yilning uch choragi mobaynida O’zbekiston Afg’onistonga umumiy qiymati 53,14 million dollardan ziyod elektr energiyasi etkazib berganligini, aytgan edi. Bu chetga sotilgan elektr energiyasini rasman ma’lum qilingan qismi xolos, ma’lum qilinmagani qanchaligini faqatgina oddiy xalq rizqiga zulukdek yopishib olgan amaldorlar bilishadi.

O’zbekistondagi elektr energiyasining uzilishlariga sabab qilib rasmiy hukumat aholi qarzdorligi ko’pligini keltiradi. “O’zbekenergo” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi noyabr o’rtalarida elektr energiyasi uchun qarzdorlarning ismi-familiyasi, yashash manzillari ko’rsatilgan ro’yxatni internetda hamma uchun ochib qo’ygan edi. Biroq bu ma’lumot tezlik bilan olib tashlandi. Chunki, qarzdorlar orasida, O’zbekiston prezidenti apparati (172.537.534 so’m), respublika moliya vazirligi (4.000.001 so’m), Toshkent shahar prokuraturasi (19.426.070 so’m), shahar hokimligi (30.614.475 so’m), Toshkent viloyati hokimligi (23.188.058 so’m) Milliy teleradiokompaniyaning “Respublika telemarkazi” Davlat unitar korxonasi (242.861.723 so’m) ham bor edi. Hukumat esa yo’q bo’lgan svet va gaz uchun aholidan majburiy ravishda pul undirish bilan band.

Yuqorida keltirganimiz elektr energiyasi to’g’risida edi. Endi gaz ishlab chiqarish sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda 3.4 trillion kub metr gaz zahirasi mavjud bo’lib, bundan har yili 60 milliard kub.metrdan ziyod gaz qazib olinadi. Qazib olingan bu gazni 17 mlrd kub.metri Rossiyaga, 4 mlrd kub.metri Tojikiston va Qirg’izistonga eksport qilinadi. Shuningdek O’zbekiston – Xitoy bilan tuzgan shartnomasiga muvofiq gaz etkazib berishni boshlagan. Bu kelishuvga ko’ra O’zbekiston Xitoyga har yili 10 milliard kub.metr gaz etkazib berishligi lozim. O’zbekiston hukumati eksport qilingan gazni har ming kub.metrini jahon bozoridagi narxga asosan 311 dollardan sotadi. Gaz savdosidan kelayotgan ulkan mablag’larni qayoqqa sarflanishligi esa huddi elektr energiyasini pul singari sirligicha qolaveradi. “O’zbekiston – Xitoy” gaz quvuri to’la ishlay boshlagach esa O’zbekiston Xitoyga yiliga 25 mlrd kub.metr gaz etkazib berishni mo’ljallamoqda. Demak, qazib olingan 21 mlrd kub metr gaz Rossiya va qo’shni davlatlarga, 10 mlrd kub metr gaz esa Xitoyga ketadi, qolgan 29 mlrd kub metrdan ziyodroq gaz O’zbekiston xalqining ehtiyojini qondirishlik uchun etarlimi?

2008- yilgi ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning gazga bo’lgan ichki ehtiyoj hajmi 52.6 mlrd kub.metrni – bundan ko’ra yangiroq rasmiy hisobotni topish imkoni bo’lmadi – tashkil qilgan. Rasmiy ma’lumotga ko’ra, 2008- yili O’zbekiston aholisi 27.3 mln kishini tashkil etgan, bugungi kunda esa aholi soni 30 million kishidan oshib ketdi. Endi hisoblab ko’radigan bo’lsak, 2008- yilda aholi soni 27 mlndan oshiq bo’lgan xolda 52.6 mlrd kub.metr gaz iste’mol qilgan, bugungi kunga kelib esa aholi soni 30 milliondan oshib ketdi, bundan tashqari O’zbekiston hukumati yangi ish o’rinlarini barpo qilishlik maqsadida yangidan-yangi fabrika va korxonalarni barpo qilinayotganligini iddao qilayotgan hozirgi vaqtga kelib esa eksportdan oshib qolayotgan gazni miqdori aholi ehtiyojining yarmini ham qoplashlikka etmaydi. Mabodo bu qolgan gaz ham e’lon qilinmayotgan kelishuvlarga ko’ra chetga chiqib ketmayotgan bo’lsa.

O’zbekiston xalqining tabiiy boyliklarini talon-taroj qilib, xalq ustidan ko’ngliga kelgan ishni qilayotgan zolim Karimov dastidan nafaqat odamlar, balki dov-daraxtlar ham omon qolmayapti. Chunki kunlar sovib ketishi ortidan ko’mir va o’tinni ham narxi keskin ko’tarilib ketdi. Sovuq kunlar boshlangunga qadar bir qop (50 kg) ko’mirni narhi 12 ming so’m edi, bugungi kunda 18-20 ming so’mga ko’tarilib ketdi. Bir mashina o’tin esa 700-800 ming so’mga etdi. Shundoq ham iqtisodiy etishmovchiliklar iskanjasida yashayotgan oddiy o’zbekistonliklar uchun bu qimmatli qilmoqda. Shu sababli ular o’z xovlilaridagi, ko’cha va dalalardagi daraxtlarni kesib yoqishga majbur bo’lmoqdalar. Ko’p qavatli uylarda yashovchilarni axvollari esa bundan ham battar. Faqatgina shu dunyoda yaxshi yashab qolishni ko’zlagan hokimlarni esa oddiy xalq bilan ishi yo’q.

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qay bir hokim musulmonlardan bo’lgan raiyat ustiga voliy bo’lib, ularga xiyonat qilgan holda o’lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi” (Muttafaqun alayh). Boshqa bir rivoyatda: “Alloh bir qavmga rahbar qilib qo’ygan banda ularga xiyonat qilgan holda o’lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi” (Imom Muslim rivoyati).

Abdurahmon Odilov

5 fevral 2014 yil

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.