Al-Azhar talabalari qatl etildi

430
0

0005

Davlat to’ntarishiga qarshi bo’lgan al-Azhar universitetining talabalari Misr poytaxti Qohirada namoyish o’tkazishdi.

Xabarlarga ko’ra, qamoqqa olingan do’stlarining ozod qilinishini talab qilib o’tkazilgan tabalar namoyishi kechgacha davom etgan. Namoyishni bostirish uchun xavfsizlik kuchlarining aralashuvi tufayli o’nlab talabalar hayotdan ko’z yumgani va uch yuzdan ortig’i jarohatlangani aytilmoqda.

Al-Azhar universiteti talabalari birlashmasining yozma bayonotiga ko’ra, 120 talaba politsiyaning qurolidan otilgan o’qdan, 200 talaba esa ko’zdan yosh oqizuvchi gazlardan jarohat olgan. Yuzlagan talabalar qamoqqa olingan.

Ayni paytda Misrning rasmiy axborot agentliklarining xabar qilishicha, al-Azhar universiteti kengashi universitet ichida namoyish o’tkazishni taqiqlash va bu qarorga qarshi chiqqan talabalarga nisbatan xavfsizlik xizmatiga murojaat qilish haqida qaror qabul qilgan.

Al-Azharda kechgan hodisalardan so’ng talabalarga dastak sifatida Qohira, Iskandariya, Dekhaliya, Fayyum, Bani Sayf Minya shaharlarida yurishlar o’tkazilgani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.