Axmatbek Keldibekov bosh prokuratura ochgan jinoyat ishi bo’yicha qamoqqa olindi

375
0

001

Qirg’iziston bosh prokurori Aida Salyanova tomonidan Jokorku Keneshining deputati Axmatbek Keldibekovga nisbatan QR jinoyat kodeksining 303. 1.q (korruptsiya), 304. 4.q (mansab vakolatini suyiiste’mol qilish) moddalari bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atildi, deya xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

– Korruptsiya fakti bo’yicha, 2005 yilda ijtimoiy fonddan 21 million somdan ziyod mablag’ni maqsadsiz ajratish va sarflashlik;

– Mansab vakolatini suyiiste’mol qilish; xalqaro parlament tashkilotlarida Jokorku Keneshning faoliyatini muvofiqlashtir masalalari bo’yicha maxsus vakil lavozimini noqonuniy tashkil etish, uni ta’minlashga davlat byudjetidan 10 million somga yaqin mablag’ sarflangan hamda soliq organlariga “Biznes Partner” jamoat tashkilotini ixtiyoriy patentlash bo’yicha soliq yig’ish vakolatini noqonuniy topshirish, dalillari asosida jinoiy ish ochilgan.

2013 yilning 20 oktyabr kuni Keldibekov hibsga olinib, DMXQsining tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.