Suriyadan chiqmaymiz

371
0

001

Livandagi “Kelajak” partiyasining etakchisi Sa’d Haririy Hizbulloh jamoasini tanqid qilib chiqdi.

“Kelajak” partiyasining etakchisi Sobiq bosh vazir Sa’d Haririyga ko’ra, Livanda qariyib 8 oydan buyon davom etib kelayotgan inqirozni hal qilish uchun muzokaralar davom etarkan, Hizbulloh jamoasi hukumatdan joy olishi uchun Suriyadan chiqishi shart.

Biroq Hizbulloh jamoasining bosh kotibi Hasan Nasrulloh Livan poytaxti Bayrutning janubidagi Dahiya mintaqasida Ashuro marosimida Suriya mavzusida nutq so’zlab Sa’d Haririyning talabini rad etdi.

“Avvalambor eng buyuk dastakchimiz bo’lgan Suriyani, ikkinchi navbatda Falastin va Livanni himoya qilish uchun Suriyada jang olib boryapmiz. Suriyada qolishimiz uchun sabablar mavjud ekan, Suriyadan chiqmaymiz. Livanda hukumat tashkil qilish uchun bizning Suriyadan chekinishimizni istaganlar bizni munozarali bir holatga bog’lab qo’yishga harakat qilishmoqda. Bu mintaqadagi shaharlar va insonlarga strotegik tahlikalar tahdid solar ekan, hukumat tashkil qilish uchun shartlarni olg’a surish voqega ziddir”, dedi u.

Hasan Nasrurroh Hizbullohning qurolsizlanishi haqida ham gapirib o’tdi. “dushman atrofimizda bizga ko’z tikib turipti, ular urushga hozirlik ko’rishmoqda. Dushman bizga tahdid solar ekan, bizning qurolsizlanishimiz mumkin emas”, dedi u.

Livandagi musulmon va xristianlarga qaratilgan eng katta tahdid ekstrimistik guruhlar ekaniga e’tibor qaratgan Nasrulloh taraflar o’rtasidagi hamkorlik butun tahdidlarni bartaraf qilishini bildirdi.

Ayni paytda Ingliz taymes gazetasiga intervyu bergan Hizbulloh qo’mondoni agar Hizbulloh bo’lmaganda Asad allaqachon mag’lubiyatga uchragan bo’lishini da’vo qildi. “Hizbulloh Suriyaga kirmaganida Asad ikki soatda qular edi”, dedi u. Qo’mondonning bildirishicha, Hizbullohning Suriyaga kirishining sababi Asadni himoya qilish bo’lgan.

Bashar Asadga er va havodan dastak berishni davom ettirishini ta’kidlagan qo’mondon Suriya armiyasi uchun kafil bo’lishini urg’uladi.

Turkiston:

Bu kabi gaplar “hizbulloh”ga emas, hizbushshaytonga yarashadi. Xatto bu mal’un, ba’zi dinni niqob qilgan jamo’alar singari, olib borayotgan xarakatlarini shar’iy hukmlar bilan yolg’on muxofaza qilishga ham urunmadi. Balki uning xarakatlari, nususlarni ta’vil qilib ham himoyalana oladigan darajada emas.

Suriyadan chiqish ixtiyori uning qo’lida emas. U huddi janjirlangan it kabi xozir Suriyaga o’z hojalari tomonidan boylangan. Nasrullah, ularga itoatsizlik qilishdan, Ollohga osiy bo’lishni afzal ko’rdi. Ollohga tavakkul qilmagan har bir dinni musulmonlarning qo’llovini olishda vosita qilib, asli kufrning manfaatlari uchun, kufr sistemasi asosida xarakatlanuvchi har bir guruh bilsinki, ularning hojalari ham bir kun shu ko’yga soladi. Ularga kufr bilan Iymonni ro’baro’ qilib, kufrni tanlaganingni oshkor qil diyiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.