Al-Qoida Amerika uchun ham tahdid tug’dirmoqda

539
0

000

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda Iroq prezidenti Nuri al-Molikiyni qabul qildi. Suhbat chog’ida Obama al-Qoida nafaqat Iroq, balki butun mintaqa, hatto Amerika uchun ham tahdid tug’dirayotgani haqida gapirdi.

Yangidan kuch to’plashga kirishgan al-Qoida hujumini bartaraf qilish uchun Prezident Obama Amerika Iroq bilan hamkorlikda faoliyat olib borishini bildirdi.

O’z navbatida Molikiy ham kelgusi saylovlar o’z vaqtida o’tkazilishini bildirib, o’lkada demokratiyani kuchaytirish terrorga qarshi kurashni yanada faol holatga keltirishini tasdiqladi.

Oq uydan berilgan bayonotga ko’ra, Iroqqa yordam ko’rsatishni davom ettirish lozim. Xususan kelgusi yil bu davlatga F-16 rusumli jangavor samalyotlar ham taqdim etiladi. Ammo ba’zi kongres a’zolari Iroqqa harbiy yordam ko’rsatish to’g’ri yoki noto’g’ri qaror ekanligi haqida surishtirmoqda. Bu siyosatchilar Shiyalardan iborat hukumat vakillarini mamlakatda ozchilikni tashkil qilgan sunniylar bilan hokimiyatni baham ko’rmayotganlikda ayblashmoqda.

BMTning taxminiy hisobotiga ko’ra, aprel oyidan buyon sunniylar va shiyalar orasida kechgan to’qnashuvlar 7500 ga yaqin kishining yostig’i qurishiga sabab bo’lgan.

Turkiston:

Al qoida AQSh uchun dunyoni chalg’itishdagi bir qalib yoki andoza vazifasida ishlatiladigan atamaga aylandi. U bu atamani dunyo tinch axolisi ongida bir vahimali va har narsaga qodir quvvat qilib ko’rsatadi. Bu quvvatga, AQSh o’zidagi xarbiy va boshqa kuchlari bilan, faqat dunyo hamjamiyati yordamida va boshqa davlatlarning unga ko’rsatishlari lozim bo’lgan yordamlari evaziga qarshi tura oladigan bo’lib ko’rinadi. Shu fikriy yo’naltirish evaziga u dunyo etakchiligining poydevori bo’lgan xarbiy bazalarini ushlab turadi.

Aslida esa, masala umuman o’zgacha. Ogohlikni kuchaytirishga undovchi bu vahimalar ortida, musulmonlarning robitalariga aylanib borayotgan Islom mafkurasiga qarshi, milliylik yoki vatanparvarlik robitalarini kuchaytirib, birlashib borayotgan musulmonlarga qarshi kufr bayrog’i ostida odamlarni birlashtirmoqchi. Chunki kufr yurtlari ham toboro musulmonlar bilan to’lib bormoqda. Ular nafaqat chetdan, balki maxalliy fuqorolardan ko’paya boshladi. Bu esa, ularning e’tiqod erkinliklaridan kelib chiqib, yurtlarni islomiy urflar bilan odatlanishiga olib boradi. Masalan Moskva olaylik, qurbon xayitida qurbonlikka so’yilgan qo’ylarning ko’pligi va namozga chiqqan musulmonlarning cheki ko’rinmay borayotgani davlatni vahimaga soldi. Putin musulmonlardan yurtni tozalashga o’tdi. Bu ishda, u ham barcha nodavlat tashkilotlaridan va xalq aktivistlarining kelgindilarga qarshi propoganda ishlarini olib borishda davom etmoqda.

Demak masala Islom bayrog’i ostida birlashib, uyg’onib kelayotgan musulmonlarga qarshi xalq bazasini tayorlash. Bu ishlar ilgari islomiy yurtlarda jadal yuritilib kelgan bo’lsa, o’z yurtlarida o’ta sust olib borilar edi. Endi aksincha, islomiy yurtlarda bu yo’nalishdagi ishlar natija bermay, o’z yurtlarini saqlab qolishga shoshila boshlashdi. Negaki oxirgi paytlarda Islom mafkurasi kufr mafkuralarini kurash maydoniga qattiq chaqira boshladi. Xizb ut Tahrir tomonidan o’tkazila boshlangan qator konferentsiyalar, namoish va ochiq chaqiruvlar, bunga misol. Ularning bu kurashdan bosh tortishlari o’z xalqlari tomonidan yomon qabul qilinishi tabiiy. Shuning uchun ular g’irromlik yo’llari bilan, musulmonlarni mufakkir siyosatchilarini ta’qib qilish uchun yuqoridagi vahimalarni kuchaytirishti.

Lekin ular ko’tarayotgan vatanparvarlik yoki milliylik robitalari odamlarni tinch xolatlarida hecham birlashtira olmaydi. Shuning uchun ular, bundan buyon faqat sun’iy urushlar yoki vaximalar bilan o’z xalqlarini birlashtirishga urunishadi. Ular ko’tarayotgan bu robitalar, otifiy xislardan kelib chiquvchi xayvoniy robitalar bo’lib, insonlarni Islom mafkurasiga qarshi uzoq ushlab tura olmaydi. Insha Alloh.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.