Ochlik Damashq janubida 10 minglagan kishining hayotiga xavf solmoqda

374
0

0

Suriyadagi talofatni ro’yxatga olish markazining aytishicha, Asad kuchlari tomonidan anchadan buyon qamalda qolgan poytaxt Damashq yaqinidagi Hajarul-Asvad mintaqasida ochlikdan o’lish xavfi 30 mingdan ortiq odamning hayotiga tahdid solmoqda.

Markazning juma kuni bergan bayonotida aytilishicha, bu mintaqada olti mingga yaqin oila, ya’ni 36 minga yaqin inson qamal ostida qolgan.

Mintaqadagi barcha non yopib sotadigan do’konlar ishdan to’xtab qolgan. Odamlar och-yupun. Ayniqsa ochlik yosh bolalarning hayotiga ko’proq xavf solmoqda

Bayonotda Damashq janubidagi mintaqalarni ommaviy ravishda qamal qilinishi, xususan Hajarul-Asvadni Asad kuchlari tomonidan qamal qilinishi keskin tanqid ostiga olingan.

Markaz barcha taraflarni, xalqaro tashkilotlarni darhol qamalni bartaraf qilishga va ochlikdan o’layotgan o’n minglagan fuqarolarga insonparvarlik yordam etkazish uchun tinch yo’llarni ochishga chaqirdi.

Shuningdek, markaz BMT bosh kotib Pan Gi Munni ham xalqaro majlisga bosim o’tkazishga chaqirdi va Suriya rejimidan chegaralar orqali yordamlar etkazish uchun ruxsat berishni talab qilib 15 davlat imzo chekkan loyihani tatbiq qilish uchun bosim o’tkazish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishga undadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.