YeXHT amaldagi raisi O’zbekistonga keldi

282
0

0

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan Ukraina Tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Leonid Kojara bilan uchrashdi.

TIV matbuot xizmatini xabar qilishicha, vazirlar o’zbek-ukrain munosabatlarini muhim jihatlarini muhokama qilishdi, vazirliklararo muntazam aloqalarni shakl va mexanizmlarini ko’rib chiqishdi hamda xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashishdi.

Asosiy e’tibor YeXHT doirasida hamkorlikka oid masalalarga qaratilindi.

Muzokaralar natijalariga ko’ra, vazirlar O’zbekiston va Ukraina Tashqi ishlar vazirliklarining 2014-2015 yillardagi hamkorligiga doir dasturini imzolashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.