Jon Kerri: bizda Suriya borasida ba’zi fikrlar mavjud… ularni Lavrov va Holland bilan uchrashganimdan keyin e’lon qilaman

341
0

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri 25 fevral kuni, Ameririka Suriya masalasini hal etish borasida ba’zi fikrlarga ega ekanligini e’lon qildi. Lekin ularni Rim shahrida bo’lib o’tadigan “Suriya do’stlari” nomli yig’ilishda Rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov va Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashgandan keyin ochiqlashini aytdi.

Kerri Britaniyalik hamkasbi Uilyam Xeyg Bilan birga Britaniya poytaxti Londonda o’tgan mushtarak matbuot anjumanida shunday dedi: “bizda bir qancha fikrlar mavjud. Biz buni munozaraga qo’yamiz. Lekin men bugun uni sizlarga ochiqlashga tayyor emasman. Bundan avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Berilinda, undan so’ng Parijda Frantsiya prezidenti Frantsua Holland bilan uchrashib olishim zarur. Keyin Rim shahrida bo’lib o’tadigan “Suriya do’stlari” nomli konfrentsiyada uchrashuvlar bo’ladi”.

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri hozirgi holat davom etaverish mumkin emasligiga ishora qilib, Amerika qo’shma shtatlari to’xtovsiz siyosiy echim beraverishini ta’kidladi. U prezident Bashar Asad ketishi lozimligi haqida Amerika pozitsiyani qayta takrorlab o’tdi.

Kerri Suriya milliy koalitsiyasini yuqorida zikr qilingan “Suriya do’stlari” nomli konfrentsiyaga qatnashishga chaqirdi.

Biz faqatgina muzokara uchun Rim shahriga kelmadik, balki kelgusi qadamlarimiz haqida ham munozaralar olib boramiz, dedi Amerika bosh vaziri.

Britani bosh vaziri Uilyam Xeyg Suriya masalasini hal qilish uchun qadamlar tashlash zarurligini ta’kidlab, “bu urush va beqarorlik qarshisida haftalab davom etayotgan bizning siyosatimiz bekorga ketishi mumkin emas”, dedi va “Suriya qarshilik harakatiga yordamni sezilarli darajada oshirishimiz lozim, biz bunga tayyormiz”, deya qo’shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.