Turkiyada bir necha kundan buyon ketma-ket tartibsizliklar davom etmoqda.

425
0

000

Turkiya politsiyasi kecha Istambul va Antokiyoda Rajab Toyyib Erdugon hukumatiga qarshi chiqqan namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun ko’zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o’qlarni ishga soldi.

Ma’lumot manbalarining bugun Istambuldan xabar qilishicha, namoyishchilar o’lkadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining qarorgohi tomon yurishga harakat qilishgan. Politsiya esa bunga rezina o’qlar va qamoqqa olishlar bilan bunga qarshilik ko’rsatgan.

Ayni paytda namoyishlar va politsiya bilan to’qnashuvlar Suriya chegarasiga yaqin Turkiya janubida joylashgan Antokiyo shahrida davom etayotgani aytilmoqda.

Bosh vazir Erdogan respublika xalq partiyasini mamlakatda beqarorlik keltirib chiqarishlikda ayblamoqda. U respublika xalq partiyasini Adolat va taraqqiyot partiyasiga qarshi inqilobni amalga oshirish istagida ekanligini aytar ekan “Turkiya – bu Misr yoki Suriya emas”, deya ta’kidladi.

Aytib o’tish joizki, Turkiyadagi namoyishlar 22 yoshli Ahmad Atakonning Politsiya qo’llagan ko’zdan yosh oqizuvchi gazdan o’lganidan so’ng yangidan avjiga chiqdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.