O’zbekistonda axolini ommaviy paxta terimiga olib chiqish boshlandi

398
0

000

O’zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhini xabar qilishiga ko’ra, 16- sentyabrdan boshlab respublikani butun hududi bo’ylab odamlarni ommaviy paxta terimiga olib chiqish boshlangan.

Huquq himoyachilarini xabaricha, Toshkentdan 200 mingdan ziyod fuqaro dalalardagi ishga “ixtiyoriy-majburiy” asosda jalb qilinadi. Bular byudjet tashkiloti ishchilari bo’lib; o’qituvchi, tibbiyot xodimlari, vazirlik xizmatchilari, xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari, elektr ta’minoti, suv ho’jaligi, gaz idorasi, hokimlik ishchilari, poliklinika, bolalar bog’chasi va o’quv muassasasi xodimlaridir. Paxta terimiga borishdan bosh tortgan byudjet tashkiloti xodimlarini hokimiyat ishdan xaydash bilan qo’rqitmoqda. Huquq himoyachilarini belgilashicha, respublika bo’yicha jami 2,5 million fuqaro paxta terimiga jalb qilinadi.

Shuningdek majburiy paxta terimiga o’rta va kichik tadbirkorlar ham jalb qilinadi. Bular xizmat ko’rsatish va savdo xodimlari, moliyachi va bankirlar, ishlab chiqaruvchi va quruvchilar, konditer va nonvoylardir. Hokimiyat xodimlari xususiy tadbirkorlar ichida paxta terimiga chiqish yoki terimga chiqmaslik uchun kelishilgan mablag’ni to’lashlik uchun targ’ibot ishlarini olib borishmoqda.

Huquq himoyachilarini xabariga ko’ra, Toshkentdagi eng katta, etti mingga yaqin odam ishlaydigan Eski Jo’va bozoridagi har bir savdogardan paxta terimiga chiqmaganlik uchun oyiga 1,5 million so’m (550 dollar) to’lashlik taklif qilinmoqda. Katta magazini, supermarketi, restorani bor shaxslardan va yirik ishlab chiqaruvchilardan esa hokimiyat bu mablag’ni to’lashlikni talab qilmoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonni boshqa hududlaridan Toshkentga ishlash uchun kelgan mardikorlarni bozori chaqqon bo’lib paxta terimiga chiqishni xohlamagan byudjet tashkiloti xodimlari va tadbirkorlar ularni o’zlarini o’rniga paxta terimiga jo’natish uchun yollamoqdalar. Shu vaqtga qadar kuniga 30 ming so’mdan ishlab yurgan mardikorni paxta tergani uchun bir kunlik ish haqqi 30 mingdan 50 ming so’mga oshib ketgan. Shunday yo’llar bilan hukumat Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida fuqarolarni paxta terimiga jalb qilish uchun turli hil ixtrolarni o’ylab topmoqda.

Respublikani boshqa viloyatlarida esa har doimgidek majburiy paxta terimiga oliy o’quv yurti, kollej talabalari va byudjet tashkiloti ishchi-xizmatchilari jalb qilinadi. Hukumat byudjet tashkiloti va o’quv muassasasi rahbariyati orqali majburiy paxta terimiga olib chiqilgan “xasharchi”lardan “begona odamlar” – jurnalistlar yoki birorta chet ellik so’rab qolgudek bo’lsa “paxta terimiga o’z ixtiyori bilan mamlakatga iqtisodini ko’tarishda yordam berish uchun chiqqanligi”ni aytishsin deb, targ’ibot olib borishmoqda.

Deyarli barcha davlat tashkilotlarida har bir ishchidan paxta terimiga o’z ixtiyori bilan borayotganligi to’g’risida majburiy ravishda tilxat yozdirib olinmoqda.

Huquq ximoyachilarini belgilashicha, hukumat yolg’on, aldov va tahdiddan foydalanib o’z huquqlarini bilmaydigan fuqarolarini 22 yil mobaynida o’zlarini turmush darajasini yaxshilanishiga hissa qo’shmagan paxta terimiga majburiy ravishda jalb qilib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.