Interpol Bag’dod qamoqxonasidan kochib ketganlar tahdididan ogohlantirdi.

447
0

تنزيل

Yakshanba kuni Iroqdagi Abu G’rayb va Toj qamoqxonalariga qilingan hujum oqibatida bir qancha mahbuslar qochib ketganligi xabar qilingan edi. Ba’zi ommaviy axborot vositalari hujum chog’ida 500tadan 1000taga mahbus qochib ketganligini yozgan bo’lsa, ba’zi manbalar 7000 dan ortiq mahbus ozod qilinganligini xabar qildi.

Shunigdek, mujohidlar Mosul shahridagi markaziy qamoqxonaga ham hujum qilganligini bildirganlar. Hujum mas’uliyatini Al-qoida tashkiloti o’z bo’yniga oldi.

Interpol bu hodisa butun olam xavfsizligi uchun katta tahdid ekanligini aytib chiqdi.

Uning e’tibor qilishicha, Iroqdagi ikki qamoqxonanishturm qilinishi butun olam xavfsizligi uchun katta tahdid tug’dirmoqda. Qochib ketganlarning ba’zisi Al-qoida tashkilotining yirik namoyondalaridan ekanini, hatto ularning ba’zilari o’limga mahkum qilingan shaxslar ekanligini bildirdi.

Interpol o’z bayonotida bu borada mintaqa davlatlariga ogohlantirish yo’lladi va butun olamni ogohlantirish uchun qamoqdan qochganlarning suratlari va belgilarini to’plashni Iroq hukumatidan talab qildi.

Bu borada Iroq ichki ishlar vazirligining “Frans press” axborot agentligiga aytishicha, Iroq xavfsizlik kuchlari Toji va Abug’urayb atrofidagi butun mintaqalarnio’rab olgan.

To’rt yildan buyon ayni qamoqlardan birida azoblanib kelgan va hozirda hujum tufayli qamoqdan qochishga muvaffaq bo’lgan bir jurnalistning bildirishicha, bu qamoqlarda musulmonlar muntazam ravishda o’ta og’ir qiynoqlarga solib kelingan.

“Qamoqxona qo’riqchilari yoz kunlarida bizni temir kursilarga bog’lab qo’yib, o’zlarining peshoblarini majburlab ichirardi. Qo’l va ayoq tirnoqlari sug’irilayotgan kishilarning dod-voylari eshitilib turardi. Mening ham ayoq tirnoqlarimni sug’irib olishdi.Bizni kaltaklash uchun hech sabab kerak emas edi. Agar Iroq futbol komandasi mag’lub bo’lsa ham bizni o’lguday qilib kaltaklashardi”, deya hikoya qiladi sobiq mahbus.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.