Misrda qirg’in yuz berdi

592
0

01

Shanba kuni tongda Robia maydoniga norozilik aktsiyasini o’tkazish uchun chiqqan tinch namoyishchilarga qarata Politsiyaning o’t ochishi oqibatida 200 dan ortiq namoyishchi hayotdan kuz yumdi, 4500 dan oshiq kishi jarohat oldi.

“Misrul-qoviyya” partiyasining nomidan gapiruvchi Ahmad Imom yuzaga kelgan qirg’inni qabul qilib bo’lmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, namoyishchilarni himoya qilish harbiylar va politsiya kuchlarining vazifasi bo’lishiga qaramay, aynan o’shalar tomonidan va ularning ko’z o’ngida qirg’in sodir etilgan.

U xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni qirg’in qilmay tarqatib yubrish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.

Ahmad Imomning ta’biricha, General As-Sisiyning “terrorizmga qarshi kurashish vakolati”, degan so’zidan 24 soat o’tib undan maqsad insonlarni terrordan himoya qilish emas, balki ularni o’ldirish ekanligi ma’lum bo’ldi.

Shanba kungi qirg’in ko’pchilikning tanqidiga uchradi. Jumladan Al Jazira xalqaro telekanali boshlovchisi Ahmad Mansur Misr harbiylarining tinch namoyishlar o’tkazayotgan Musulmon birodarlarga qarshi qilgan qurolli qirg’inlarini qattq qoraladi va hodisani yoritayotgan ommaviy axborot vositalari reporterlarining xursandliklarini bema’nilik deb atadi.

“Robiai Adviyya maydoni yaqinida 200dan ortiq namoyishchilar otib o’ldirilishi va 4500dan ortiq kishining jarohat olishini Misr uchun va butun musulmon dunyosi uchun katta musibatdir”, dedi u.

Bugun Ahmad Mansur o’z tvitter akkauntida “Ilmoniylar, leberallar va axloqsiz ommaviy axborot vositalarining bu hodisadan xursand bo’lishliklari General As-Sisi va uning odamlari amalga oshirgan jinoyatlardan ham kattaroq jinoyatdir”, deya qo’shimcha qildi.

Uning fikricha, dunyo davlatlarining bu qirg’inga indamay jim turishlari hamda ommaviy axborot vositalari va siyosatchilardan iborat inqilob tarafdorlarining ichi qoraligi inqilobchilarning tinch namoyishchilarga qarshi jinoyatini davom ettirishda yanada shijoatlantiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.