Yetakchi davlatdagi sanoat siyosati

490
0

 

Hizbut Tahrir – Pokiston viloyati olamdagi etakchi davlat bo’lmish Xalifalik davlatining sanoat jihatdan ehtiyojlarini belgilash mavzusiga aloqali siyosiy va informatsion fikrini tarqatdi.

Birinchi: Muqaddima: Pokiston demokratiya va diktatorlikni tengma-teng tiqishtirayotgan mustamlaka siyosatini qabul qilgani uchun o’zining sanoat quvvatidan foydalanmayapti.

a) Pokiston ulkan moddiy boyliklarga va zakovatli yoshlarga ega bo’la turib, imkoniyat jihatdan iqtisodi rivojlangan o’n bitta davlat qatoriga kirish arafasida bo’la turib uning sanoati paydo bo’lgandan beri achinarli ahvolda. Ammo o’tgan asrning oltimishinchi va etmishinchi yillaridagi sanoat taraqqiyoti oddiy sanoatda bo’lgan edi. Bu taraqqiyotning og’ir sanoatga aloqasi bo’lmadi. Sanoatning o’sishi saksoninchi yillarda 8.2 %ga to’qsoninchi yillarda 4.2 %ga, to’qsoninchi yillarning ikkinchi yarmida 3.2 %ga pastlab ketdi. Pasayish 1996-1997 yillari 0.1 %ga, 1999-2000yillari 1.5 %ni tashkil etdi. Xususiy ishlab chiqarish to’qsoninchi yillarda 10 %dan 8 %gacha tushib ketdi. Xususiy sektordagi kapital qayta ishlash sanoatidagidan tubanlashib bu ko’rsatgich oltmishinchi yillardagidan 60 %ga tushib ketdi. Birin-ketin almashayotgan hokimlar er ostidan qazib olish va energiya kabi sanoat ishlab chiqarishni ajnabiy shirkatlarga topshirib qo’ydi. Bu shirkatlar ulkan foydalarni tashqariga olib chiqib ketishdi. Ayni vaqtda hokimlar mahalliy shirkatlarni o’rtacha hajmdagi korxonalarni qurish uchun guvohnoma bo’lishi shart deb ularni o’sishiga yo’l qo’ymayapti. Buning ustiga bojxonaga to’lanadigan narxlar ham 1986 yil 225 % bo’lgan bo’lsa hozirga kelib 20 %ga pasaygan. Bu esa ajnabiy shirkatlar o’z tovarlari bilan bozorlarimizni to’ldirib yuborishiga yo’l ochgan. Shuning uchun minglab sanoat birlashmalari sanoat ishlab chiqarishi pastlab ketgani haqida gapirishi ajablanarli ish emas. Bu ajnabiy shirkatlar va ularning bizning iqtisodimizni o’z changallarida ushlab turishlari evaziga bo’lmoqda.

b) Demokratiya Pokistonda turar ekan, bu davlat ro’yobga chiqarishi mumkin bo’lgan narsani ro’yobga chiqara olmagan va chiqara olmaydi ham. Chunki Pokistonda demokratiya G’arbni mustamlakachi siyosatini ijro qilishda shakllanadi. Mustamlakachi kuchlar Pokistonni foydali qazilmalarini ham qaziy olmaydigan va samolyotlarga dvigatel ishlab chiqarish kabi og’ir sanoatdan holi davlat bo’lishini xohlaydi. Bundan tashqari Pokistonni G’arb tovarlariga ulkan bozor bo’lishini, oddiy qishloq xo’jalik qurollarini chetdan olib kelishini xohlaydi. Ventilyator, jarrohlik qurollari, qo’lda ishlangan buyumlar va sport tovarlari kabi ayrim engil sanoat tovarlarini G’arb bozorlariga chiqarishiga ruxsat beradi. Boshqa jihatdan qaraganda ishsizlik juda yuqori darajada va tovarlar bahosi baland. Qurol-aslaha ishlab chiqarishda G’arbga tayanish va aqllarning G’arbga ketib qolishi mana shu mustamlaka siyosati alomatlarining dengizdan bir tomchisidir. Bu mustamlaka siyosati sharqiy Hindiston shirkati paydo bo’lganidan boshlab, bugungi demokratiya zamonigacha Xalqaro Bank va Xalqaro Valyuta Fondi ko’rsatmalari bilan ijro qilinyapti.

Ikkinchi: Siyosiy mulohazalar: Ummat sanoati jonlanishi yo’lidagi kishan va qulflarni olib tashlash.

a) Kuchli sanoatni paydo qilish harbiy sanoat ustida markazlashishni talab qiladi. Masalan Amerika va Xitoy dunyoda sanoati kuchli davlat hisoblanadi. Chunki ikkalasi ham e’tiborini harbiy sanoatga qaratgan. Mana Amerika ko’z ilg’amas samolyotlarni ishlab chiqarish va kosmos texnologiyasiga e’tibor qaratadi. Germaniya va Yaponiya ikkinchi jahon urushi davrida harbiy jihatni rivojlantirdi. O’sha paytdagi sanoatni rivojlantirishda, ya’ni raqobatbardosh va zirxli avtomobillar, reaktiv dvigatellar ishlab chiqarishda o’zlarining sanoatga oid me’rosidan foydalanishdi. Harbiy va kosmosga oid texnologiya iste’mol mollari, qayta ishlangan tovarlarni ishlab chiqarishda asosiy manba hisoblanadi. Shuningdek harbiy kosmik texnologiyalar iste’mol tovarlari va ikkilamchi tovarlar, jumladan uy elektr asboblaridagi ixtirolar manbaidir. Pokiston atom qurolini yaratgan bo’lsada mustamlaka tufayli og’ir sanoatdan mahrum bo’ldi. Uning qurolli kuchlari Islomga qarshi urushayotgan mustamlakachi davlatlarning harbiy texnologiyasiga tayanadi. Iqtisodning zarur sohalari, ya’ni aloqa vositalarida, dvigatellar ishlab chiqarishda va og’ir texnikada ham ajnabiy texnologiyasiga tayanadi.

b) Majbur tiqishtirilayotgan xususiylashtirish va sanoatni davlat mulkiga aylantirish siyosatlari ulkan yo’qotishlarga olib keldi. Sotsialistik yoki kommunistik davlatlar boylik ozgina odamlar qo’lida to’planib qolmasligi uchun sanoatni davlat mulkiga aylantirgan. Insonlar o’ylab topgan bu echim muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki u boylikka, ishlab chiqarishga va yaratuvchanlikka undaydigan tabiiy rag’batni cheklab qo’ydi. Boshqa tarafdan kapitalizm mulkni xususiylashtirishga chaqiradi. Garchi bu mulk odamlar muhtoj bo’ladigan va odamlarni undan mahrum qilib qo’yish mumkin bo’lmagan resurslar bo’lsa ham. Bunga qo’shimcha agar ulkan boylik davlatning tashqi siyosatdagi rejalariga gapini o’tkaza oladigan guruh bo’lmish kapitalistlar qo’lida yig’ilib qolsa, bu mustamlakachi davlatlarni islomiy yurtlarga o’xshash resurslarga boy xalqlarga qarshi urush qilishga undaydi.

v) Yangilik yaratish va rivojlanish og’ir sanoatga bog’liq va unga tayanadi. Lekin ikkalasi ham etakchi davlat soyasida taraqqiy etadi. Chunki dunyodagi eng katta kuch bo’lgan Amerika hozir etakchi davlat bo’lib, katta og’ir sanoat egasidir. U germaniyalik raketasoz olimlar kabi chet ellik olimlarni ishlatayapti. Texnologik yangiliklar bilan shug’ullanadigan universitetlarni ishga soldi. Bir vaqtlar Xalifalikdagi universitetlar ham evropalik sara kishilar borib o’qiydigan afzal joy bo’lgan edi. Arab tili esa ilm va texnologiyada dunyoviy til edi. Xalifalikda qurol-aslaha ishlab chiqarish sanoati dunyoning barcha joyidagi Ummat dushmanlari qalbiga qo’rquv solardi. Bugun esa Pokistondagi qanchadan qancha aqllar boshqa yurtlarga ko’chib ketyapti. U yurtdagilar ularning amaliy va bebaho mahoratlaridan foydalanyapti.

g) Qaysi davlat etakchilikka harakat qilsa u dvigatel sanoati va sanoat qurollari kabi og’ir sanoatni rivojlantirishi kerak. Shuningdek hukumat ta’minoti va xususiy investitsiya shunga safarbar qilinishi kerak. Davlat strategik sanoatni boshqarishi kerak. Yurtda ulkan boyliklar bo’lsa-da trillionlab rupiylar sanoat sohasiga ajratilmay, banklar va pul bozorlarida yotibdi. Malay hokimlar esa xususiy sektorda ham davlat sektorida mahalliy sanoatni rivojlantirmaslik sharti bilan qarz so’ramoqda.

Uchinchi: Shar’iy jihatlar: Dunyodagi etakchi davlatda sanoat sohasida quvvatni paydo qilish.

a) Xalifalik davlati birinchi kundan boshlab – avvalda – bo’lganidek dunyoda hech bir davlat xususan sanoat sohasida raqobatlasha olmaydigan etakchi davlat bo’lishga harakat qiladi. Davlat siyosatidagi harbiy markazlashuv og’ir sanoat bazasini mustahkamlashga olib boradi. Hizbut Tahrir dastur muqaddimasining 74chi moddasida quyidagilarni tabanniy qildi «Sanoat sohasi sanoatga aloqador barcha ishlarni o’z ichiga oladi. Bunda dvigatellar va qurollar kabi og’ir sanoat bo’ladimi, murakkab qurilishlar bo’ladimi, buyumlar va elektronika tovarlarimi, engil sanoatmi, umumiy mulkmi, harbiy sanoatga aloqasi bor shaxsiy mulkmi bundan qat’iy nazar sanoatning barchasi harbiy siyosat asosida yurgiziladi». Moddaning sharhida kelishicha» Davlat boshqa davlatlarning ta’siridan uzoq va o’z ishlarining tizginiga o’zi ega bo’lishi uchun qurol-aslaha ishlab chiqarish sanoatini o’zi boshqarishi va rivojlantirishi shart. Qurol-aslaha sanoati taraqqiy etgan sari ularning eng kuchligi va yangisiga ega bo’lishi kerak. Har qanday ko’rinib turgan va ehtimoli bor dushmanni qo’qitish uchun kerak bo’ladigan qurolga ega bo’lishi shart».

b) Umumxalq mulkiga aylantirish masalasiga kelsak, Islom haq din bo’lib, bu muammoni tag tomiri bilan echib qo’ygan. Konlar, yoqilg’i manbalari va elektr enegiyasiga o’xshash energiya manbalarining barchasi umumiy mulk hisoblanadi. Bulardan barcha insonlar foydalanadi, davlat esa buni kafolatlaydi. Bu joylardan chiqayotgan mahsulotlar ham umumiy bo’ladi, ularni xususiylashtirish mumkin emas. Bunga ko’mir, oltin, mis, yaylov, gaz, elektr toki va taqsimlash tarmoqlari kiradi. Bularning barchasini xususiylashtirib bo’lmaydi. Bundan tashqari shaxsiy mulkni umumiy mulkka aylantirib bo’lmaydi.

Hizbut Tahrir dastur muqaddimasining 138chi moddasida quyidagilarni tabanniy qilgan «Zavod yoki fabrika ishlab chiqayotgan mahsulotiga qarab xususiy yo umumiy bo’ladi. Agar ishlab chiqarayotgan mahsuloti to’qimachilikka o’xshab xususiy mulk bo’lsa, fabrika ham xususiy bo’lishi joiz. Agar temir ishlab chiqish kabi umumiy mulk bo’lsa, zavod xususiy bo’lishi mumkin emas». 139chi moddada kelishicha «Davlat shaxsiy mulkni umumiy mulkka aylatirishi mumkin emas, chunki umumiy mulk davlat ra’yi bilan emas, mol tabiati va sifati bilan sobitdir». 140chi moddada kelishicha «Ummatning har bir shaxsi umumiy mulk doirasiga kiradigan narsadan foydalanish huquqiga ega. Davlat birorta shaxsga umumiy mulkni egallab olishiga ruxsat berishi mumkin emas».

Hizbut Tahrir dastur muqaddimasining 74chi moddasida quyidagilarni tabanniy qildi. «Davlat qurol-aslaha, urush qurolari va ehtiyot qismlarni o’zi ishlab chiqarishi kerak. Bunday ishni esa davlat og’ir sanoatni yo’lga qo’ysa va avvalo harbiy va noharbiy og’ir sanoatga moslashgan zavodlarni qursagina qila oladi. Demak davlat atom qurollari, kosmik apparatlar, raketalar, sun’iy yo’ldoshlar, uchoqlar, tanklar, zambaraklar, harbiy kemalar, zirxli avtomobillar, barcha turdagi og’ir va engil qurollar ishlab chiqaradigan zavodlarni qurishi shart ekan. Bundan tashqari har xil mehnat qurollari, dvigatellar, buyumlar, elektr tovarlari ishlab chiqaradigan zavodlar, umumiy mulkka aloqali zavodlar va urush anjomlariga aloqali engil sanoat zavodlarini qurishi shart.

v) Davlat yangiliklar yaratish va rivojlantirish sohasida tadqiqot markazlarini ochishi kerak. Shunda Xalifalikdagi sanoatni dunyodagi etakchi sanoatga olib chiqish imkoniyati tug’iladi. Muhandislar, me’morlar, arxitektorlar, tabiblar, tarbiyaviy olimlar va qishloq xo’jalik muhandislarining talablarini qondirish uchun bu markazlarni sanoatga bog’lab davlat tarafidan katta mablag’ bilan ta’minlanadi…. Bundan tashqari davlat xususiy sektorga aloqali tashkilotlarni yangiliklar yaratish va rivojlantirish sohasida o’z rolini o’ynashlari uchun qiziqtiradi. Hizbut Tahrir dastur muqaddimasining 162chi moddasida quyidagilarni tabanniy qildi. «Fuqorolar ichidagi har bir shaxs hayotning barcha ishlariga aloqali ilmiy labaratoriyalarni ochishga huquqi bor, bunday labaratoriyalarni ochish davlatning vazifasidir»

g) Sanoatni taraqqiy ettirishni mablag’ bilan ta’minlash masalasiga kelsak mulklarni umumiy va davlat mulkiga aylantirish orqali asosiy sanoat paydo qilinadi. Kirimga oid shar’iy hukmlar tatbiq qilinadi. Shunda davlat hukumat va xos sektor orqali sanoat taraqqiyotini mablag’ bilan ta’minlashi mumkin bo’ladi. Boshqa xalqlarga tayanmaydi va ularning shartlariga bosh egmaydi. Natijada davlat kiyim-kechak, uy-joy, ta’lim-tarbiya, salomatlik va harbiy texnologiyaga oid ishlarda mustaqil kuchga ega bo’ladi.

Urushmayotgan davlatlar bilan bo’ladigan tashqi savdo siyosati Islomni qabul qilishga qiziqtirish yo’li bilan olib boriladi, pirovardida Islom butun dunyoga hukmron bo’ladi. Hizbut Tahrir dastur muqaddimasining 165chi moddasida quyidagilarni tabanniy qildi. «Chet el fuqorosiga imtiyoz berilmaganidek chet el mollarini ishlatishdan qaytariladi».

Mulohaza: Qur’oni Karim va Sunnati nabaviyadan keltirilgan dalillarni o’rganish uchun dastur muqaddimasining 165, 162, 139, 138, 74chi bandlariga murojaat qilishingiz mumkin. Dastur muqaddimasining Xalifalik davlatiga oid bandlari bilan tanishish uchun internetdagi:

http://htmediapak.page.tl/policy-matters.htm

adresiga murojaat qilishingiz mumkin.

To’rtinchi: Siyosat: Olamda sanoati keskin o’zgaradigan Xalifalik.

a) Xalifalik davlati sanoati taraqqiy etgan, xususan harbiy sanoati rivojlangan va sanoat jihatdan dunyodagi etakchi davlat bo’ladi.

b) Umumiy va davlat mulklari asosiy sanoatga qaratiladi, bunda yangilik yaratish va ijodkorlikni saqlagan holda boylikni jamiyat o’rtasida taqsimlash kafolatlanadi.

v) Davlat tarafidan bo’ladigan ulkan yordam vositasida davlat sektori va xususiy sektordan tadqiqot markazlari ochiladi.

g) Vayron qiluvchi shartlarni qo’yadigan mustamlaka qarzlarini olinmaydi va neft, gaz kabi umumiy mulkdan kiradigan kirimlar bilan ulardan behojat bo’ladi.

Hizbut Tahrir 10 rajab 1434h

Pokiston viloyati 20 may 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.