Sakkizlik davlatlarining Suriyaga bag’ishlangan sammit qarorlari Islomga qarshi ochiq dushmanlik, bu yurtdagi musulmonlar taqdiri bilan o’zboshimcha o’ynashish hamda ularning to’kilgan pokiza qonlarini va poymol bo’lgan izzat-hurmatlarini mensimaslikdir

323
0

gerb

Sakkizlik guruhi sammiti 2013 yil 17-18 iyunda Shimoliy Irlandiyaning Lox-Ern kurortida o’z ishlarini boshladi. Uni Britaniya bosh vaziri Kemeron ochdi. Unda muhokama qilingan eng ko’zga ko’ringan masala Suriyadagi vaziyat bo’ldi. Putin Obama, Kemeron va Olland bilan o’tkazgan bir necha uchrashuvlardagi asosiy mavzu ham Suriyadagi vaziyat bo’ldi. Suriyadagi vaziyatga oid yakuniy bayonot xulosasi jumladan quyidagicha bo’ldi: «Biz hamon bu krizisning siyosiy echimiga Suriyani demokratik, yaxlit va barcha uchun vatan bo’lgan davlat sifatida ko’rish asosida erishish lozim degan qat’iy fikrdamiz». Sakkizlik rahbarlari shuningdek «tomonlarning o’zaro roziligi bilan tuziladigan» Suriya o’tish davri hukumati xususida bir kelishuvga erishish zarurligiga ham chaqirishdi. Ular harbiy kuchlarni va xavfsizlik apparatini saqlab qolish zarurligini ham ko’rsatib o’tishdi. Sakkizlik guruhi rahbarlari Suriya hukumatini va oppozitsiyani al-Qoidaga aloqador barcha tashkilotlarni yo’q qilib tashlash borasida qat’iy ish olib borishga ham chaqirishib: «Biz Suriyada mumkin qadar tezroq tinchlikka erishishga bag’ishlangan Jeneva konferentsiyasini o’tkazish haqidagi qarorni zo’r berib qo’llab-quvvatlaymiz», deb qo’shimcha qilishdi. Lekin bu konferentsiya o’tkaziladigan aniq vaqt aytilmadi.

Shunday qilib kapitalistik G’arbning yirtqich hokimlari xalqlarning taqdirlariga ulardan yiroqda o’z hukmlarini o’zboshimchalik bilan o’tkazishmoqda. Bu Suriyadagi musulmonlar masalasida shundoq ko’rinib turibdi. G’arb hokimlari bu masala go’yo ularning shaxsiy mulkidek va Suriya ahlining unga hech qanday haq-huquqi yo’qdek uni muhokama qilishib, uning ustida talashib-tortishishmoqda… Shuningdek ular o’ta yuzsizlik bilan Suriyadagi boshqaruv shakli qanday bo’lishi kerakligini belgilashga ham tumshuqlarini tiqishdi. Bu borada ular Suriya ahli ra’yini e’tiborga ham olib o’tirishmadi. Vaholanki ularning yolg’on demokratiyalari da’vosi bo’yicha Suriya ahli ra’yi e’tiborga olinishi lozim edi. Ular Suriya uchun uni o’z dinidan uzoqlatish yo’lini tanlashdi. Holbuki Suriya o’z dinini boshqa narsaga almashtirish yo’lini hech qachon tanlamagan. Ular malay ilmoniy oppozitsiyaning va jinoyatchi Suriya rejimining roziligi va o’zaro kelishuvi bilan tuziladigan o’tish davri hukumatini tuzishga ham kelishib olishdi. Bunda Suriya ahli bo’lgan musulmonlarning buni qabul qilishi yoki rad etishini zarracha ham e’tiborga olishmadi. Ular odamlarni yovuzlarcha qirg’in qilgan, ularning hayotini barbod qilgan harbiy kuchlarni va xavfsizlik apparatini saqlab qolish zarurligiga ham kelishib olishdi. Bularning barchasi etmagandek bu yirtqich hokimlar Islomga va tub o’zgarish uchun harakat qilayotgan muxlis musulmonlarga qarshi adovatga to’la mazmundagi so’z bilan chaqiriq ham yo’llashdi. U so’z nafaqat al-Qoidani, balki al-Qoidaga aloqador tashkilotlarning barchasini «yo’q qilib tashlash» degan so’zdir. Bu so’z zamirida Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilayotgan barcha kishilarga tahdid mazmuni yotgani hech kimga sir emas. Ular Xalifalik tiklanishidan ko’p marta ogohlantirib kelishdi va uni o’zlari uchun eng katta xatar deb hisoblab kelishmoqda… Bu sammit mana shu davlatlar basharasini ochib tashlamoqda va ularning olamdagi jinoyatchilikning boshchisi ekanini, barcha falokatlardan birinchi javobgar ular ekanini, ular musulmonlar xohish-irodasiga zig’ircha ham ahamiyat berishmasligini va musulmonlar taqdiri go’yo ularning qo’lidagidek o’zboshimchalik bilan ish yuritishlarini ochiq ko’rsatib turibdi.

Shom Suriyasida va barcha joyda o’z diningiz, or-nomusingiz, qoningiz va izzat-hurmatingiz haqida qayg’uradigan ey g’ayur musulmonlar: Mana shunday qarorlardan ham ko’ra sizlarni haqoratlovchi va mensimovchi narsa bo’lishi mumkinmi?! Sizga va diningizga nisbatan G’arb hokimlari, uning tulkilari tomonidan qilinayotgan mana shunday dushmanlikdan ham ko’ra qattiqroq dushmanlik bo’lishi mumkinmi, axir?! Ularni faqat ularning jinsidan bo’lgan kimsalargina do’st tutadi, shunday emasmi?! Dushmanlar aynan ulardir, shuning uchun ulardan ehtiyot bo’ling, ular bilan birga harakat qilayotgan va ularning buyrug’i bilan ish tutayotgan barcha kimsalarni qattiq qoralang. Zero ular imonsiz munofiqlik lagerining eng oldingi safida ketishmoqda. Ularning etagini tutgan musulmonlar hokimlari ularga ergashmoqda. Ularga ilmoniy oppozitsiya ham qo’shilmoqda… Suriya ahlidan biron kishi ularning safiga qo’shilib qolishdan o’ta-o’ta ehtiyot bo’lsin. Chunki ular o’zlariga qo’shiladigan kimsalardan bir kuch yadrosini tashkil qilib, bu kuchni ularning lageriga qo’shilishini rad etayotgan muxlis islomiy guruhlarni «yo’q qilib tashlash» uchun ishga solishmoqchi. Bunga qarshi Hizbut Tahrir barchani Islomiy Xalifalik davlatini tiklashga oid o’zining loyihasida bitta musht bo’lishga chaqiradi. Alloh Taolo dushmanlarining g’azabini eng ko’p qo’zg’ayotgan loyiha mana shudir. Hizbut Tahrir munofiqlikdan asar ham bo’lmagan imon lagerida harakat qilish Rosul ning ilk Islom davlatini tiklashdagi tariqatlari bo’yicha harakat qilish asosida bo’lishini barchaga baralla e’lon qiladi. Bu esa o’g’lonlarimiz bo’lgan quvvat va jur’at ahlidan xolis Alloh uchun harakat qilish bo’yicha, zakovat va o’ta donolik bilan rejalashtirilgan mana shunday harakat qilish bo’yicha birlashishlarini talab qiladi. Hamon harbiy xizmatdagi bo’lsin yoki Suriya armiyasidan ajralib chiqqan harbiylar bo’lsin yoki jang olib borayotgan guruhlar bo’lsin bu ish ularning barchasidan shuni talab qiladi. Ular jinoyatchi Asad boshqaruvini tag-tomiri bilan yo’q qilishlari va uning qoldiq-sarqitlarini ham yo’q qilib tashlashlari uchun mana shu asosda birlashishlari lozim. Zero ular ana shundan keyingina haq va imon davlati bo’lmish Islom davlatini qura oladilar. Faqat mana shu bilangina Rosululloh s.a.ning:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So’ngra Payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi» degan bashoratlari hamda Payg’ambar s.a.ning:

«عُقْرُ دَارِ الْإِسْلاَمِ بِالشَّامِ»

«Dorul Islom markazi Shomdadir» degan xuddi shunday yana bir bashoratlari ham ro’yobga chiqadi.

Alloh Taolo dedi:

«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari buni bilmaydilar»

[Yusuf 21]

Hizbut Tahrir 10 sha’bon 1434h

Suriya viloyati 19 iyun 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.