Rossiya harbiy mashqlar o’tkazmoqda

418
0

0

Rossiya mudofa’a vazirligi Rus qo’shini shanba kuni erta tongdan o’lkaning sharqiy mintaqasida qurolli kuchlarning jangovor tayyorgarligini yaxshilash maqsadida keng ko’lamli harbiy mashqlar boshlaganligini e’lon qildi.

Rossiyaning RIA novosti agentligining xabariga ko’ra, 20 iyulgacha davom etadigan bu mashqlarda 80 ming harbiylar, 1000ga yaqin harbiy texnika, 130 samolyot va 70 kemalar qatnashishi ko’zda tutilgan.

Rossiya mudofa’a vazirligining bildirishicha, ushbu mashqlardan ko’zlangan maqsad harbiy jihatdan har tomonlama tayyor bo’lish, harbiy potentsialni ko’tarish va harbiylarning qay darajada tayyorgarliklarini sinovdan o’tkazishdir.

Ba’zi olingan xabarlarga ko’ra, Rossiya va NATO kelayotgan ko’z faslida qushma harbiy mashqlar o’tkazmoqchi. NATO ushbu 10 yil oxirlarida eng buyuk hisoblanadigan harbiy mashqlarda Litva, Latviya va Polsha mamlakatlarni jalb etishni maqsad qilgan.

Bu mashqlar yil boshlangan buyon uchinchi mashqdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.