Misr inqilobi Islomiylarni kuchaytirdi

532
0

12

AQShda chop etiladigan gazetalar shu kunlarda asosiy e’tiborni Misrga qaratishgan. Ulardan biri “prezident Mursiyni qulatgan harbiy inqilob yuzaga kelishiga qaramay, Misr hokimiyatida islomiylar hali ham mavjud, ilmoniylar esa hokimiyatni qo’lga olishga qodir emas”, deb yozsa, boshqa biri “Misr saqofiy inqilobga muxtoj”, deb yozmoqda.

“Misr prezidenti Muhammad Mursiyni hokimiyatdan qulatgan harbiy inqilob Misrdagi va O’rta Sharqdagi Musulmon birodarlarga qarata kuchli zarba bo’ldi. Lekin bu zarba ularni zyiflashtirishdan ko’ra ko’proq kuchayishiga sabab bo’ldi”, deya yozadi Voshington post gazetasi.

Gazetaning ochiqlashicha, Musulmon birodarlar Misrda 1928 yildan buyon faoliyat olib boradi. O’lka ichkarisida va tashqarisida xalqning keng ko’lamli qo’llab quvvatloviga ega. Uning Misr hokimiyatini egallashi o’lkada Islomiylarning ommalashganiga dalil bo’ladi.

Ilmoniylar – deya qo’shimcha qiladi gazeta – bu inqilob jarayonida avval boshda yutuqqa erishgan bo’lsa ham, ammo o’lkani boshqarishga qodir emas.

Voshington post gazetasi Demokratiyaning yana Misrga qaytishi imkoniyati darajasini savol ostiga olib, Barak Obama ma’muriyatini Misrga demokratiyani qaytarishga chaqirdi.

Shuningdek gazeta Musulmon birodarlarni kelgusi siyosiy ishlarga va har qanday saylovlarga ishtirok etishga chaqirib, “demokratiya gohida xalqdan o’zlariga yoqmagan boshliqlarni qabul qilishni talab qiladi”, deb yozdi.

Turkiston:

Ustilarimizda ishlatilib kelayotgan terminlarning ta’siri.

Islom terroristlari, Islom ekstremistlari, kabi terminlar, xozirda faqat terroristlar va ekstremistlar deb atala boshlandi, lekin barcha xatto musulmonlar ham shu atamalar ishlatilganida musulmonlar nazarda tutilayotganini tushuna boshladik. So’ng namozxonlar atamasi ishlatilib, ularni ham musulmonlardan ajratib olindi. Xozir esa yana bir atama islomiylar va ilmoniylar tushunchasi kirib keldi.

Aslida musulmon degan bir tushuncha, yuqoridagi hamma atamalarni xatto amalda bajarib kelganida ham, ya’ni terror, benamozlik, demokratlarga malaylik va xokazo… hammasini o’z ichiga oladi. Islom ularni amallardagi noqisliklarning barchasini o’zi xal qilish quvvatiga ega.

Lekin kufr olamining bu idiologik hujumi, musulmonlarga quvvati etishmasligi oqibatidan, ularni yuqoridagi kabi atamalarga o’zlarini ham ko’ndirib olib, so’ng ularni birma bir ajratib olib har biriga har xil muomila qilishida ummatni yalpi hammasining sukut qilib turishini qo’lga kiritishga qaratilgan. Guantanamadagi maxbuslarga bo’lgan muomila, Iroqdagi axoliga qilgan muomilalari, Afg’onistonda xozirda ham davom etayotgan qatliomlarning barchasida, musulmonlar ustidagi shu kufr uslubining muvoffaqqiyatidan darak beradi.

Biz har bir musulmon bir biri bilan og’a ini, qur’on bizga shu ta’limni bergan, deb maxkam turganimizda edi. Xatto musulmon jinoyatchilari ham bizlarning birodarlarimiz. Ularni biz xatto o’limga hukm qilib qatl qilganimizda ham ular bizlarning birodarlarimiz bo’lib qoladi. Kufr yordamiga muxtoj emasmiz. Shunda kufrning bu quroli puchga chiqib, har bir musulmon bilan ummatning bir vakili deb muomila qilgan bo’lardi. Tarixda bu kabi muomilalarga guvoh bo’lganmiz, lekin albatta bu azizliklarni barchasi Islom davlati ostida bo’lgan. Lekin shu tushunchalar ummatga qaytmas ekan, ummat xatto Xalifalik davlati unga naqadar muhim ekanligini va uni qaytarish ahamiyatining qanchalik ekanini ham xis qila olmaydi. Aynan mana shu kabi kufr fikrlariga qarshi kurashish, islomiy fikriy kurash hisoblanib uni kim ko’tarishidan qati’y nazar qarshi kurashish vojib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.