Iftorlikka bormaysan!

511
0

0

Musulmonlar uchun muqaddas oy – Ramazoni sharif boshlanishi bilan Toshkent bozorlarida savdo qilaëtgan hijobli ayollar ro’mollarini echishga majburlangan bo’lsa, erkaklarga esa iftorlikka borish ta’qiqlandi.

O’zbekiston davlat muassasalarida ishlaydigan kishilar, ya’ni bank, soliq inspektsiyasi, militsiya, prokuratura, poliklinika kabi bir qator davlat idoralari xodimlariga Ramazon oyida iftorga bormaslik to’g’risida og’zaki ko’rsatma berildi. Agar ular o’z boshimchalik qilib biror iftorlikka borishsa milliy xavfsizlik xodimlarining “chyorny spiska”siga tushadi.

O’zbekiston davlat tashkilotlarining har birida xavfsizlik bo’limlari mavjud. Ular bu borada xos buyruq olib, har bir ishchini sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Agar biror kishining iftorlikka borayotgani aniqlansa darhol uning nomi tegishli idoralarga etkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.