Atanbaev Britaniyani ikkiyuzlamachilikda aybladi

443
0

0

Qirg’iziston prezidenti Almaz Atanbaev Britaniyaning Gordian gazetasiga bergan intervyusida Londonni ikkiyuzlachilik siyosat yurgizayotganlikda ayblab keskin tanqid ostiga oldi. Atambaevga ko’ra, Britaniyaning Qirg’izistonda demokratik jarayonlarni kuchaytirish haqida aytgan gaplari haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Chunki rasmiy London demokratiya deb turib, sobiq prezidentning qochqindagi o’g’li Maksim Bakievni yashirib olib o’tirishipti.

“Agar Maksim Bakievni Qirg’iz sudiga topshirishsa, u davlat xazinasidan o’g’irlagan pullarni qaytarib olib, shaffof saylov o’tkazishga ishlatishimiz mumkin edi”, dedi Atambaev.

Shuningdek Qirg’iziston prezidenti markaziy osiyodagi vaziyatni “portlashga shay turgan mina”ga o’xshatib, “bunday sharoitda birgina Qirg’iziston radikal Islomning yoyilishiga qarshi tura oladi”, deb aytdi.

Siyosiy tahlilchi Emil Jo’raevning fikricha, Almaz Atanbaevning bunday ochiq bayonoti dunyo siyosatida hech narsani o’zgartira olmaydi. “Masalan Eronning sobiq prezidenti Ahmadi Najod mana shunday keskin bayonotlari bilan tanilgan. Uning keskin bayonotlarigi gohida tanqidga uchragan bo’lsa, gohida kulgini qistagan. Bizning etakchilarimiz ham og’izlaridan chiqayotgan so’zlariga biroz diqqat qaratib, har biz so’zlari e’tiborli ekanligini tushunsa yaxshi bo’lardi”, deydi tahlilchi.

Turkiston:

Emil Jo’raevning fikriga qo’shila olmaymiz. Chunki har bir siyosatchi yoki barcha musulmon, voqe’likda o’tayotgan jarayonlarga munosabat bildirishi va unga o’z manfa’atlariga muvofiq ta’sir o’tkazishga xarakat qilishi vojib. Bu xarakatlarining ta’sir ko’lami qanchalik bo’lishi yoki xatto bo’lmasligi bular ikkinchi masala.

Atambaevning jur’ati va xalqaro siyosatga ta’sir o’tkazishga qo’ygan qadami yomon emas. Yomoni u manfa’atni belgilay olmayotganida. Kufr katta davlatlari orasida birini homiyligi ostida ikkinchisiga karshi xarakatlanib, ilgarigilarning xatolarini davom ettirayotganida. O’zi ko’tarayotgan Bakievlar oilaviy boshqaruvini olaylik. Ular ham ana shu xalqaro siyosatdagi ikkiyuzlamachi siyosatni olib borib, birini manfa’atini himoya qilib ikkinchisidan kaltak edi, oxir oqibatida Rossiyaning yordami bilan quvib solindi.

Atambaev ham Rossiyaning barcha talablarini bajara olmaydi. “xolvani hakim, kaltakni etim edi” deyilganidek, Rossiya va boshqa qirg’izistondan strotegik manfa’atdor katta davlatlar, faqat o’z manfa’atlari tomon bosim berish bilan Atambaevni surib borishadi. Ular bir birlariga qarshi Qirg’izistonga bosim beradilar, lekin bir birlariga yuzma yuz qarshi kelishmaydi va qirg’iz davlatiga xatto bu bosimga qarshi turishida ham aytarlik yordam bera olishmaydi.

Shu ma’noda Jo’raevning taxlilini qo’shilsa bo’ladi. Bu kabi bayonotlar, o’z quvvati doirasi ichida turib berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Terrorizmga qarshi tura olamiz deyishi ham, Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilishga qaror qilganini anglatadi. Terroristlar aslida davlat yoki xalqaro siyosat tomonidan suniy boshqarilishini bilgan xolda, dadil ularga quvvatimiz etadi dedi. Negaki o’sha G’arb olami donorlarini, qalbaki terroristlar bilan shuncha yillardan buyon aldab pulini olib kelayotgan Qirg’iz hukumati, ichkarida musulmonlardan moddiy tomonlama deyarli xavf yo’q ekanini yaxshi bilishadi.

Atambaev va boshqa musulmon etakchilarga aytar edik. Islom yaqinlashib qoldi, buni sizlar bizdan yaxshiroq ko’ra oladigan joyda o’tiribsizlar. Qalbaki quvvatlari bilan sizlarni qo’rqitib turgan, hiyonatchi va hech qachon sizlarga oxirigacha do’st bo’la olmaydigan kufr kattalarining manfa’atlaridan voz kechib, xalq bilan Islom asosida birlashish tomon yuringlar. Chunki faqat Islom barcha kufr nayranglarini puchga chiqarish quvvatiga ega.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.