Muxolifat Mursiga istefoga ketishi uchun ikki kun muhlat berdi.

424
0

00

Misr axborot vositalarining ma’lum qilishicha, bugun Qoxirada, Aleksandriyada, Suets, Port-Saidda, shuningdek mamlakatning barcha viloyatlarida ko’chalarga 17 milliondan ortiq odam chiqqan. Faqat poytaxtning o’zidagina to’rt millionga yaqin odam yig’ilgan.

Misr muxolifati prezident Muhammad Mursiga istefoga ketishi uchun ikki kun muhlat berdi. Ommaviy chiqishlar tashabbuschisi «Tamarrud» (Qo’zg’olon) yoshlar harakatining bayonotida aytilishicha, “o’z vakolatini topshirib, davlat strukturalariga muhlatidan ilgari prezidentlik saylovlarini tayyorlashlikka imkon berishligi uchun prezidentda seshanba kunining soat 17:00 gacha vaqt bor”.

Bu orada, oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, Mursi tarafdorlari bilan muholifat o’rtasidagi to’qnashuvlarda 11 kishi xalok bo’lgan, yaradorlari 800ga yaqin.

Armiya va politsiya xozircha bo’layotgan ishlarga aralashmayapti, biroq xalqni himoya qilishliklarini va namoish qatnashchilariga tahdid qilishlariga yo’l qo’ymasliklarini aniq bayon qilishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.