Misr ko’chalari va tahrir maydoni namoyishchilar bilan to’ldi

383
0

00

Misrda prezident Muhammad Mursi istefosini talab qilgan jamoalarning namoyishlari davom etmoqda. Butun atrofda Mursiyning ketishini talab qilayotgan “ket-ket”, degan ovozlar yangramoqda.

Namoyishchilar kechqurun prezident saroyi tomon yurish uyushtirishni rejalagan. Mursiy tarafdorlari esa prezident saroyini jon-jahdi bilan qo’riqlashlarini ma’lum qilishgan.

Maydon atrofida politsiya va xavfsizlik kuchlari ko’rinmaydi. Namoyishchilardan katta bir qismi xavfsizlikni kafolatlab turipti. Ular maydonga kelgan kishilarni birma bir tekshirib kirgizishmoqda. Ammo Misr armiyasi agar tartibsizliklar yuzaga kelsa, harbiylar vaziyatga aralashishidan ogohlantirgan. Misr qurolli kuchlarining notig’i Ahmad Muhammad Aliga ko’ra, fuqarolar va ularning mol mulkini himoya qilish uchun qurolli kuchlarshay holatga keltirilgan. Chunki o’tgan hafta tartibsizlar oqibatida sakkiz kishi, jumladan, bir amerikalik talaba yigit halok bo’lgan edi. Shu bois AQSh davlat departamenti o’z fuqarolariga Misrga safar qilmay turishlikni tavsiya etmoqda.Shuningdek, AQSh elchixonasining ayrim xodimlariga ham bu mamlakatni vaqtincha tark etish haqida ko’rsatma berildi.

Mursiy esa ikkinchi marta qo’zg’olon bo’lmasligini ta’kidlamoqda. U konstitutsiya qonunlariga hech qanday o’zgartirish kiritilishiga yo’l qo’ymasligini bildirdi. Goridian gazetasiga bergan intervyusida konstitutsiyaviy prezidentlik muddatini tamomiga etkazishiga ishonishini va muddatidan avval saylov o’tkazish talablarini rad qilishini aytib o’tdi.

“Undagi hukmlarni tatbiq qilish hayotiy masaladir. Konstitutsiyaning qonuniyligiga zid keladigan biror so’zga o’rin yo’q”, dedi u.

“Ehtimol bu erda fikrlarini bildirgan shaxslar va namoyishlar bo’lishi mumkin, ammo eng muhimi bularning har birida konstitutsiyani tatbiq qilishdir”, deya qo’shimcha qildi Mursiy.

Misr Prezidenti shuningdek jamiyatda ajralish Misrni falajlab qo’yishidan xavotirini bildirdi.

“Men mamlakatdagi korruptsiyaga qarshi kurashda mas’uliyatni o’z zimmamga oldim, lekin menga qarshi kompaniyaga duch keldim”,dedi Misr prezidenti.

U namoyishga bosh-qosh bo’layotgan siyosatchilarni eski rejimni saltanatga qaytarishga urinishlikda aybladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.