Zardoriyning ishi qayta ko’rilmaydi, chunki vaqt o’tti, buning ustiga u daxlsizlikka ega

343
0

Shveytsariya Pokiston prezidentiga qarshi korruptsiya bilan bog’liq tekshiruvni qayta ochishni rad qildi. Prokurorlar buni hodisa qonunda belgilangan muddatdan o’tib, eskirib ketgani bilan izohladi, deyiladi Ozodlikdan olingan xabarda.

Axborot agentliklari xabariga ko’ra, shveytsariyalik prokurorlar Pokiston hukumatiga shanba kuni yo’llagan maktubida shu haqda ma’lum qilgan.

O’tgan yil noyabr oyida Pokiston hukumati Osif Ali Zardoriy davlatga tegishli bo’lgan o’nlab millionlab dollarni o’g’irlagani va Shveytsariya bankidagi rafiqasiga tegishli hisoblariga o’tkazgani haqidagi iddaolar bo’yicha tekshiruv o’tkazishni so’rab, Shveytsariya hukumatiga maktub yo’llagan.

Osif Ali Zardoriyga qarshi jinoiy ish o’tgan asrning 90-yillarida ochilgan. Biroq 2007 yilda prezident Parvez Musharraf chiqargan Milliy yarashuv farmonida ko’zda tutilgan amnistiyaga muvofiq, tekshiruv ishlari to’xtatilgan.

Ayni paytda, Shveytsariya Osif Ali Zardoriy xalqaro qonunlarga muvofiq davlat rahbari sifatida daxlsizlik huquqiga ham ega ekanini bildirgan.
Turkiston:
Daxlsizlik nima, bilasizmi? Demokratik davlatlarda ba’zi shaxslar, ya’ni davlat rahbarlari va parlament a’zolari ularni qonundan himoya qiladigan daxlsizlik huquqiga egadirlar. Bu daxlsizlik tufayli ularga davlat qonunlarining kuchi o’tmaydi. Masalan, davlat raisi bironta jinoyatga qo’l ursa, u qonunda daxlsiz bo’lganligi uchun uning ishi muhokama qilinmaydi va u qonunga bo’ysunmaydi ham. Shuningdek parlament a’zolaridan biri jinoyag qilsa, to undan parlament a’zosi daxlsizligi olinmaguncha uni muhokama qilish va qarshi qonun qo’llash mumkin emas. Shuning uchun deputatlar jon jahdi bilan yana qayta parlament a’zoligiga saylanishga harakat qilishadi.

Bu esa Islomga tamoman ziddir. Islom davlatida davlat fuqarolaridan hech kim – tutgan mavqeidan qat’iy nazar – hech qanday daxlsizlikka ega emas. Hatto musulmonlar xalifasi ham, sho’ro majlisi a’zolari ham oddiy boshqa fuqarolar qatori qozilik oldida hozir bo’ladi va muhokama qilinadi. Chunonchi, sayyidimiz Ali ibn Abu Tolib r.a. Xalifa bo’lib turgan paytda yahudiy bilan sovut to’g’risida janjallashib qolganlarida ham, boshqa amirlarda ham shunday holat yuz bergan. Ular muhosaba qilinishi va ulardan haq olinishi uchun qozilikka hozir bo’lganlar.

Islom Davlatida boshqa davlatlardan kelgan elchilargina diplomatik daxlsizlikga ega. Bulardan boshqa hech kim diplomatik daxlsizlikga ega emas.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.