NATO afg’on urushida asta-sekin g’alaba qozonayaptimi?!

400
0

Bi-bi-sidan olingan xabarga ko’ra, NATOning Afg’onistondagi qo’mondoni sifatida faoliyat olib borgan General Jon Allen harbiy ittifoq afg’on urushida g’alaba qozonayotganini aytgan. Uning aytishicha, qo’shinlar uchun isyonkorlikni engish tomon yo’l “uzoq” davom etgan. General Allen bugun o’z vazifasini General Jozef Danfordga topshirmoqda. “Isyonkorlikka qarshi kurash vaqt oladi va kalendarga bir kunni belgilab, “bugun biz g’alaba qildik”, deb aytish qiyin”, deb aytgan General Allen Bi-bi-si bilan suhbatda. “Mening o’ylashimcha, biz g’alaba yo’lidamiz”, deydi u. 19 oylik ish safarlari davomida General Allen Afg’onistonning ko’plab mintaqalaridagi xavfsizlik nazoratini afg’on armiyasi va politsiya kuchlariga topshirishga muvaffaq bo’lgan. Kobuldagi qarorgohda NATO qo’shinlariga qo’mondonlikni qabul qilib olgan General Jozef Danford aksar xorij qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqish vazifasini bajarishi kutiladi. Turkiston: Amerika Afg’onistondan xorlarcha chiqib ketishga majbur. Bu o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solgan Amerikaning so’nggi ishidir. Ayni paytda Amerika o’zini g’olib deb hisoblashi uchun faqat bitta narsani, ya’ni Tolibonni o’ziga og’dirishni istaydi. Agar u buni amalga oshirsa muvaffaqiyat qozonadi, agar amalga oshirolmasa mag’lubiyatga uchraydi. U regional davlatlar orqali Tolibon bilan so’zlashuvlar olib borishga urinib, bunga erisha olmadi. Hozir esa u Tolibon bilan kelishuvga erishish uchun bor kuchi bilan urinmoqda. U «Amerika Tolibon ichidagi mo”tadil tomonlar bilan so’zlashuv olib borishga tayyor», degan g’oyani ilgari surmoqda. Bu bilan agar ularning ba’zilari buni qabul qilsa ularning safiga yorib kirishni istaydi. Agar birortasi qabul qilsa uni himoya qilishni, harbiy quvvatini tiklashga imkon berishni va uning mintaqasini iqtisodiy jihatdan rivojlangan va harbiy jihatdan xavfsiz mintaqaga aylantirishga ham tayyor. Amerika Tolibon ichidan o’ziga yangi malaylarni paydo qilishni istaydi. Chunki u Karzay bilan biror ishni amalga oshira olmadi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.