Prezidentlar ketdi, qo’zg’olonlar qachon tinchiydi?

402
0

Ma’lumki, Tunisda yuzaga kelgan ommaviy namoyishlar qo’zg’alonga aylanib, birin ketin bir necha Musulmon davlatlarni o’z domiga tortdi. Keyinchalik Liviya, Misr va Yamanda ham inqiloblar amalga oshirildi. Suriyada esa hanuz davom etmoqda.

Tunisdagi islomchilarning asosiy tanqidchisi bo’lgan muxolifatchi, Tunis Xalq Frontining lideri Chokri Belaid bir necha kun avval noma’lum shaxslar tarafidan suiqasdga uchragach, bu mamlakatda yana ommaviy namoyishlar yana boshlanganib ketdi. Misrdagi ahvol esa o’zingizga ma’lum. Yaqindan buyon tinimsiz davom etayotgan qarama-qarshiliklar natijasida bir qancha kishilar hayotdan ko’z yumdi. Xo’sh, bu qo’zg’olonlar qachon tinchiydi?

Albatta, G’arb Islom Ummati faqat Islomga moyil ekanini, undan boshqasiga rozi bo’lmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun u bu qo’zg’olonlarni to’xtatib qolish payiga tushdi. G’arb davlatlari bu borada islomiy harakatlardan foydalanishga kirishdi. Toki ular G’arb uchun fuqarolik, demokratiya va ko’ppartiyaviylikka asoslangan, shar’iy ahkomlarning aksariyatidan voz kechadigan, Islomni darajama-daraja tatbiq qilishga va o’rtacha echimga rozi bo’ladigan davlat qurib berishsin.

Masalan, Tunisda inson huquqlari, demokratiya kabi kapitalistik fikrlar va qiymatlarni olg’a suradigan Rashid G’annushiy boshchiligidagi “Nahza” islomiy partiyasini, Misrda esa Mursiy boshchiligidagi “Ozodlik va adolat” partiyasini tanlashdi va qo’zg’olondan keyingi saylovlarda bu harakatni qo’llab-quvvatlay boshladi. Bu partiyalarning saylovda g’olib chiqishiga odamlarning islomiy tabiatlari, tuyg’ulari va Islomga bo’lgan muhabbatlari ham hissa qo’shdi. Chunki ular bu partiyalarda Islom hidini sezishgan edi.

Ammo Islom ummati bulardan kutgan narsalarni amalda ko’rmadi. Balki yana o’sha-o’sha xiyonat, ummat dushmanlari bilan til biriktiruv, Islomiy yurtlarini o’zini himoya qila olmaydigan darajada mayda davlatchalarga bo’lib tashlagan Sayks-Piko kabi shartnomalarni tan olish, ummat o’zi zor bo’la turib uning gazini Isroilga etkazib berish kabi ishlar hanuz davom etmoqda. Ummat buni ko’zi bilan ko’rib turipti. Ummat avvalgi ummat emas, endi uning ko’zi ochildi. Ummat ichida tinimsiz faoliyat olib borayotgan muxlis kishilarning sa’y harakatlari tufayli oq bilan qorani ajrata boshladi. U faqat Islom boshqaruvini talab qilib chiqayotganligi so’zimizga yorqin dalildir. Ommaviy axborot vositalarida o’z odatiga ko’ra, kar va soqovga aylanib, bu haqidagi xabarlarni yoritmayotgan bo’lsa-da, ummat Islomdan boshqasiga rozi bo’lmayotgani kundek ravshan bo’lib qoldi. Mana Tunisda Minglagan kishilar Islomiy davlat bo’lishini, Islomiy shariat tatbiq etilishini talab qilib chiqishdi. Namoyishchilar Islomiy roya (bayroq)larni hamda «xalq shariat tatbiqini istaydi», «Qur’onimiz dasturimiz», «Shariatdan o’zga dastur yo’q» degan shiorlarni ko’tarib olishgan edi. Misrda ham bu kabi namoyishlar tinimsiz bo’lib o’tmoqda. Suriyani-ku gapirmay qo’ya qolaylik.

Bu o’rinda ishonch bilan ayta olamizki, ummat o’z istagiga erishmas ekan, ya’ni islomiy boshqaruv hayotga qaytib kelmas ekan, bu qo’zg’olonlar davom etaveradi. Soxta, baland parvoz bayonotlar endi ummatni alday olmaydi.

Ammo har birimiz Tunis, Misr, Liviya, Yaman va Suriyadagi musulmonlarga bunday og’ir ahvolni tugatish qanchalik qimmatga tushayotgani haqida o’ylanib, o’zimizga shunday savol berishimiz lozim: Bu sharoitda biz Ummatimizga nima qilib berdik? Bu qo’zg’olonlar Islomni hayotga qaytarish, to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalikni barpo qilish yo’lida davom etishi uchun ularga qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? Zero Xalifalikning alomatlari ufqda ko’rina boshladi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.