Yana bir qo’g’irchoq – Suriya inqilobini tizginlashga AQSh zo’r berib urinmoqda.

390
0

Suriyada qonli janglar ketib turgan bir vaqtda Milliy koalitsiya a’zolari Istambulda Suriya vaqtinchalik hukumatining bosh ministrini saylash xususida konferentsiya o’tkazish bilan ovora bo’ldilar.

Ikki kun davom etgan chora-tadbirlardan so’ng, 19 mart kuni Suriyaning “ozod qilingan” va muxolifat nazorati ostiga o’tgan hududlarini boshqaradigan vaqtinchalik hukumat etakchisi etib, 12 nomzod orasidan, 50 yoshli kurd millatiga mansub AQSh fuqarosi Gassan Xitto tayinlandi.

Xitto Damashqda tug’ilgan, biroq 25 yildan ortiq vaqtdan beri AQShda istiqomat qilgan va yaqinda Turkiyaga ko’chib o’tgan.

Suriya Ozod Armiyasi (SOA) shtabi boshlig’i Selim Idris «qo’zg’olonchilarning» vaqtinchalik hukumatga itoat etishga tayyor ekanligini Istambulda nutq so’zlay turib bayon qildi. “Biz Koalitsiyani tan olamiz va bo’lg’usi ministrlar kabinetini Suriyaning yagona qonuniy hukumati deb e’tibor qilamiz”, – takidladi o’tgan yilning yozida hukumat qo’shinlari safidan qochib o’tgan general. Selim, vaqtinchalik hukmatning tashkil qilinishi «qo’zg’olonchilarga» qurol etkazib berishlikni kafolatlashiga ishonishini aytdi va SOA bu qurolning “taqsimlanishligini nazorat qilishligiga va «yomon qo’llarga» tushib qolishiga yo’l qo’ymasligiga” so’z berdi.

Volid al-Bunni va Kamol al-Labvoni kabi muxolif harakatining faxriylari, shuningdek qabila boshliqlaridan biri – Ahmad Jerba “tashqari kuchlar tarafidan shoshilinch ravishda tiqishtirilayotgan «figura»ga” qarshi qat’iy norozilik bildirdilar. Sent using Hushmail

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.