Suriyada kimyoviy qurol qo’llanilgan.

450
0

Turkiston:

19 mart kuni Alepponing Xon al-Asal rayonida kimyoviy qurol hujumi sodir etilgan. Hujum oqibatida 25 dan ortiq kishi qurbon bo’lgan, yaradorlar – 90ga yaqin. Ularning aksariyati tinch aholidan. Yaradorlarning ko’pchiligi og’ir ahvolda.

Kimyoviy portlagich o’rnatilgan raketani qo’llaganlik mas’uliyatini hech kim o’z zimmasiga olmayapti: hukumat muxolif kuchlarni ayblamoqda, muxolifat esa, o’z navbatida, – hukumat qo’shinini.

Jangarilar tarafidan kimyoviy qurol qo’llanishligining mas’uliyati Qatar va Turkiya rahbarliklari zimmasidadir, deb bayonot berdi Suriya ma’lumot ministri Imron az-Zuabi.

Shu vaqtning o’zida, muxolif jangarilar komandirlaridan biri kimyoviy zaryadli raketa hukumat qo’shinlari tarafidan uchirilganligi haqida bayon qildi. Bu albatta o’ta o’kinchli xolat, lekin ushbu amaliyot, Islomni xayotga qaytarish xarakatlari kuchayib boraverishida, kufr tomonidan qo’llanilishi kutilgan ishlarning biri edi.

Kimyoviy qurolning kim tomonidan qo’llanilganining unchalik xam axamiyati yo’q. Muammo, bu kabi ishlarning barchasi kufr olib borayotgan siyosiy nayranglarining u uchun muvoffaqqiyatli amalga oshirilayotganida.

Kufr davlatlarining birortasi bu ishni bevosita o’zi bajardimi, yoki malaylari orqali bilvositami, endi u bizlarni bir birlarimizdan gumonlarimizni kuchaytirishga urinadi.

Maqsadi tayin:

1. Asad rejimining repressiyalarini uzoq vaqt cho’zilib borayotganida, biror bir jo’yali ta’sir ko’rsata olmayotganlari sabab, yuqoridagi xunrezlik muxolif kuchlar zimmasiga yuklatib yuborilsa, o’zlarining bexarakatliklarida oqlanib olishadi.

2. Ichki islomiy inqilobiy muxolif kuchlarni, yuqoridagi kabi amaliyotlarda ayblashga muvaffaq bo’lsa, tashqi koalitsion muxolifotni va Turkiyada tayorlanayotgan muvaqqat xukumatni Suriya xokimiyatiga olib kelishiga sharoit yaraladi.

3. Mobodo xech kimning zimmasiga bu iflosgarchiliklarini yuklay olmasa, Suriyaga xarbiy aralashish uchun shu kabi vaximali beboshliklarni baxona qiladi. Shunda ular Suriyaga xarbiy bostirib kirish bilan, yana o’sha o’z malaylarini xokimiyatga olib kelishga xarakat qiladi. Shuning bilan bir qatorda, islomiy xarakatlarga qarshi shu malaylari vositasida grajdanlar urushini rivojlantirishga intiladi. Chunki kufrning bevosita musulmonlarga qarshi kurashi, musulmonlarni birlashishiga olib keladi.

Albatta bu kabi bizlarning ustilarimizdagi kufr nayranglarining rivojlanib borishiga, avval o’zimizning fikriy va siyosiy zaifligimiz yoki beparvoligimiz sabab.

Negaki kufr Islom bilan kurashda, asosan biz musulmonlarni vosita qilishda davom etmoqda.

Buning uchun u bizning yurtlarimizni malay xokimlar vositasida sun’iy qashshoqlashtirib, musulmonlarni moddiy muxtojliklarimizdan o’z manfaatida o’ta unumli foylalanib kelmoqda. Ta’lim programmalarimizni o’z nazoratlariga olib, bizlarni o’zligimizni tanitmay, tanishga xarakat qilayotganlarni terroristlar deb yana bir birimizdan ayrishga xarakat qilib kelmoqda.

Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, kufr bilan o’rtalarimizdagi kurash faqat siyosiy ekanligidan, biz yutuqqa erishish uchun avval ularning siyosiy kurash olib borish sistemasidan voz kechishimish lozim. Bu esa bizlardan, ularga qarshi kurashda, xatto bir birimiz bilan o’zaro janjallarimizda xam o’zligimizga, ya’ni Islomga qaytishimizni talab qiladi.

Buning uchun musulmonlar xar bir xarakatimizni shar’iy xukmga bog’lash uchun, Islomni mabda’ (sistema) sifatida o’rganib, kurash uslubimizni islomiylashtirishimiz lozim. Chunki shu kunda olib borilayotgan bizlarning aksari xarakatlarimiz, xuddi butun umr kurash bilan mashq qilib borayotgan odamni, bokschiga qarshi ringda boks qoidalari bilan jang olib borishga undalayotganiga o’xshaydi.

Yagona echim, kurash qoidasini o’zgartirishda. Bu esa boshqa xar qanaqangi xarom kurash uslublaridan bosh tortib, Iloxiy sistema asosidagisidan o’zgasini inkor qilish bilan amalga oshadi. Yana bu mafkura bizlardan shu kurashni olib borayotganimizda murosasozlikdan qaytaradi, ya’ni kurash uslubiga ularning birorta bo’lsa xam xatto juziy qoidalarini qo’shishni xarom qiladi. Payg’ambarimiz SAVning siyratlariga e’tibor bergan oqil musulmon shu gaplarning tasdiqini topmasa, demak u xolis emas.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.