Turkiya va Isroil hamkorligi

383
0

AQShning “adovatni bas qiling”, degan birgina so’zi bilan Turkiya va Isroil o’rtasidagi diplomatik aloqalarda iliqlashib ketdi. 2010-yilgi fojeya yuzasidan o’rtada nozik masalalar talay bo’lishiga qaramay, Turkiya energetika vaziri Taner Yildiz ikki mamlakat birgalikda gaz quvuri qurilishini muhokama qilayotganini bildirdi. Energetika vazirining bayon qilishicha, Turkiya Isroil gazini xaridorlarga etkazuvchi quvur qurish loyihasini ko’rib chiqishga tayyor.
Yahudiy davlati 2010-yilda Falastinga insonparvarlik yordam olib ketayotgan turk kemasiga hujum qilib, to’qqiz turk faoli otib o’ldirilishi yuzasidan birgina kechirim so’rashining o’z bilanoq munosabatlar iziga tushib ketdi.
Ammo Isroil hukumati qurbonlar oilalariga kompensatsiya to’lashga va’da bergan bo’lsa-da ammo bu va’da bajarilganicha yo’q.
Rasmiylarning aytishicha, Tovon to’lansa, Turkiya sudlarida Isroilga qarshi ko’rilayotgan bir qancha ishlarga nuqta qo’yilgan bo’lardi.
Ikkala davlat diplomatlari keyingi hafta Anqarada ushrashib, kompensatsiya masalasini muhokama qiladi. Masala hal bo’lishiga umid bor.
AQShning yaqin hamkorlari bo’lgan har ikkala davlat energetikadan tashqari boshqa sohalarda ham mushtarak manfaatlarga ega. Shuningdek ular Bashar Asad rejimiga qarshiligi jihatdan ham hamfikrdirlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.