Robert Bleyk inson huquqlaridan tashvishda

412
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 aprel kuni Oqsaroyda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi. Rasmiy xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afg’onistondagi vaziyat muhokama etilgan.

Shuningdek, Robert Bleyk O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O’zbekiston Bosh vaziri birinchi o’rinbosari Rustam Azimov bilan ham uchrashgan.

Manfaati ro’yobga chiqmay qolganda yoki O’zbekiston prezidenti Karimov Rossiyaga moil bo’lganda inson huquqlari muammosini ko’tarishga odatlangan, aks holda bu muammoni tamoman unutadigan AQSh mulozimi inson huquqlari haqida so’z ochdi.

Bleykning fikricha, O’zbekistondagi “Inson huquqlarining ahvoli o’zbek-amerika aloqalariga to’sqinlik qilmoqda”

Mahalliy faollar bilan uchrashuvi chog’ida AQSh Davlat Kotibining yordamchisi Robert Bleyk inson huquqlari borasida oldinga siljishning yo’qligi O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotganini aytgan.

Uchrashuvda qatnashgan norasmiy O’zbekiston Inson Huquqlari Himoyachilari Alyansi faoli Yelena Urlaeva AQSh mulozimining “Biz Markaziy Osiyoda inson huquqlari fazosining torayib borayotganidan tashvishdamiz”, degan so’zlarini keltiradi.

Bishkekdagi Markaziy Osiyo bo’yicha ekspertning aytishicha, Vashingtonning tag’in O’zbekistondagi inson huquqlari haqida gap boshlagani, ehtimol, ularning o’zbek prezidentining ayrim harakatlaridan noroziligini anglatadi.

“Ko’pchilik uchun, O’zbekistonda yuzaga kelayotgan mavhum vaziyat oldidan keksa diktatorning Vladimir Putin ko’magiga tayanish istagini anglatgan Islom Karimovning 14-15 aprelda Moskvaga tashrifi AQShni tashvishga solayotgan bo’lishi mumkin”, deya hisoblaydi u.

AQSh Davlat kotibi yordamchisining Toshkentga safari Vashington 2014 yil oxiriga qadar Amerika qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishga taraddud ko’rayotgan paytga to’g’ri kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.