Boston voqeasi kimning ishi

351
0

0_67366_d7bec044_XL

Boston portlashlarini uyushtirganlikda ayblanayotgan va hozir ishi tergovda ko’rilayotgan Javhar TSarnayev sog’lig’i ancha yaxshilanib, gapira oladigan holatga kelgan. Agar Javhar TSarnaev aybdor deb topilsa, o’lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ammo TSarnayevlar onasi Zubaydat TSarnayeva Boston fojeyasida Amerikaning o’zini ayblaydi va farzandlarini hanuz aybsiz deb hisoblaydi. “Bu bir tuzoq. Aktyorlar jalb etilgan va sahnalashtirilgan, aslida hech qanday odam jarohat olmagan” degan fikrda TSarnayevlar onasi Zubaydat TSarnayeva

Darhaqiqat internet saytlarida boston voqeasini teatr sahnasi va aynan AQSh ma’muriyati va Federal Qidiruv Byurosining oldindan rejalashtirilgan fitnasi ekanligini ochiqlagan dalillar mavjud.

“OKO Planet” saytida Anton Blaginning “Amerikaning Bostondagi fitnasi fosh bo’ldi” sarlavhali tahliliy maqolasi chop etildi. U o’z iddaolarini hujum chog’ida olingan ushbu suratlar bilan asoslaydi:

Professional rus fotosuratchisi, maqola muallifi Anton Blaginning yozishicha, o’sha hujumning asosiy qahramoniga aylangan va dunyo televidenielarining deyarli barchasida hujum qurboni sifatida namoyish qilingan amerikalik majruh yigit 2002 yilda Afg’onistondagi janglarda ikki oyog’idan ajralib qaytgan majruh Nik Vogtdir.

Uni tanigan amerikaliklar “Bu oyoqsiz Nik Vogt (Nick Yogt!). Biz uni tanidik!”, deb yozgan Internetda.

“Bu fokusni oxirigacha fahmlamaganlarga yana bir marta tushuntiraman: uzilgan oyoqlar – bu mulyaj, ya’ni Gollivud aktyorlari urush haqida badiiy filmni suratga olish chog’ida foydalanadigan mulyaj, aynan o’xshatishdir. Tez yordam kreslosida o’tirgan qahramonimizning yuzidan uning og’ir tan jarohati olganiga ishonish qiyin. Birinchidan ikki oyog’idan ajralgan odam uning uchun noqulay bo’lgan kresloda o’tirishi mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Lekin ko’rayotganingizdek badanining yarmidan ajralgan va juda ko’p qon yo’qotgan qahramonimiz tetik”, deb yozadi tahlilchi Anton Blagin.

“Bu bilan asosiy terrorchilar xalqaro hamjamiyatning musulmonlarga nafratini oshirmoqchi ekanini ko’pchilik amerikaliklar darrov fahmladi. AQSh ma’muriyati va Federal tergov Byurosi o’zlarining bu yarim soxta terror hujumga sherik ekani va jinoyatchi singari xalq tomonidan fosh qilinishidan o’takasi yorildi va bu vaziyatda suvdan quruq chiqish yo’lini axtara boshlashdi. AQSh hukumatining ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish organlari tez fursatda xalqqa boshqa bir ma’lumotni tashladi. Ya’ni hujum chog’ida ikkala oyog’idan ayrilgan yigit Nik Vogt emas, balki Jeff Bauman bo’lib chiqdi. Xo’sh, terror hujumini yarim soxtalashtirgan AQSh ma’muriyati va FBRning bundan ko’zlagan maqsadi nima edi?”, deya savol tashlaydi muallif. Voqea izidan amerikalik siyosatchilar Amerika va Yevropa bo’ylab musulmon terrorchilar tahdidi kuchayayotganidan lof ura boshladilar.

Jumladan, Amerika televideniesida chiqish qilgan vitse-prezidentlikka sobiq nomzod Sara Peylin Chechenistonni Chexiya bilan almashtirib, amerikaliklarga quyidagicha da’vat qildi:

“Bular Chex Respublikasi musulmonlari ekanini bilamiz. Men ko’pchilik amerikaliklar fikrini bildirib, aytmoqchimanki, hoziroq u erga borishimiz va bu yigitlarning ta’zirini berib qo’yishimiz kerak. Kelinglar, Chex Respublikasida to’xtab qolmasdan, butun arab mamlakatlarini kezib chiqaylik! Arablar bu yoqqa kelib mana shunday uchragan hamma narsani portlataverish mumkin emasligini bilib qo’yishsin! Kelinglar Islomobodni bir juft yadroviy raketa bilan o’qqa tutaylik, Pragani yondiraylik, keyin Tehronning kulini ko’kka sovuraylik. Biz ularga jiddiy shay kayfiyatda ekanimizni ko’rsatib qo’yishimiz kerak”, dedi 2010 yilda Janubiy Koreyani Shimoliy Koreya bilan chalkashtirib, Shimoliy Koreyani AQShning hamkori deb atagan Alyaskaning sobiq hokimi Sara Peylin.

Buning ortidan er yuzida Checheniston, degan mamlakat borligidan xabarsiz amerikaliklarda Chex Respublikasiga nisbatan nafrat paydo bo’ldi. Ulardan ba’zilari hech qachon Chexiyaga sayohat qilmasligini ayta boshladi.

Yuzaga kelgan vaziyat Chexiya rasmiylari va Amerikaning u erdagi diplomatlarini chexiyaliklarning Bostonda yuz bergan hujumga hech qanday aloqasi yo’qligini izohlash va Rossiya tarkibida bo’lgan Chechenistonni Chexiyadan farqlab tushuntirish berishiga majbur qildi.

Turkiston:

“Og’zi qiyshiq bo’lsa ham boyni bolasi gapirsin” deyilganidek, 11 sentyabr voqe’asini ham juda aniq hujjatlar bilan juda katta mutaxasislar oshkor etishdi. Shubha qolmadiki bu ish AQSh TSRU yordami bilan atayin amalga oshirgan portlatish ekanligida. Butun dunyo jar soldi. Lekin xozir ham hech narsa bo’lmaganidek, Obama Bush bilan birgalikda har yili shu kunni, terrorizmning oqibati sifatida uyalmay nishonlab kelishadi.

Bu Xizbut tahrirning xalqaro siyosatga bergan ta’rifida “ xalqaro qonunlar bo’lishi mumkin emas, negaki bu qonunlar katta davlatlar tomonidan boshqa davlatlarning jinoyatiga nisbatan jazo ijro etilsa, katta davlatlarning jinoyatlari kaysi quvvat tomonidan jazolanadi. Shuning uchun faqat xalqaro urf va xalqaro huquq normalarigina bo’ladi” degan gaplari naqadar to’g’ri ekanligiga dalolat qiladi.

Yuqoridagi kabi instsinirovkalar, AQShning manfa’tlari yo’lida shu kungacha minglab ishlab chiqilayotgan bo’lsa, shu xalqaro sistema turar ekan ishlab chiqilaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.