Rossiya Markaziy Osiyodagi ziddiyatlardan foydalanmoqda

269
0

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashdi. O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi deya yozadi Amerika ovozi.

Tahlilchilar nazarida Lavrov bilan uchrashgan prezident Karimov Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasini yuksak baholagan va Rossiya ham o’z navbatida aloqalarni izchil rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirgan bo’lsa ham ammo bugungi vaziyatda ittifoqchilikning yuksak darajasi haqida gapirish biroz qiyin.

O’zbekiston mintaqadagi energetik loyihalarni Rossiya qo’llayotganidan norozi. Kreml bu borada Toshkent pozitsiyasi bilan hisoblashmoqchi emas. Moskva energetik loyihalarda, qurol-yarog’ masalasida Qirg’iziston va Tojikistonga yordam va’da qilmoqda.

O’zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Tashkilotidan chiqdi, harbiy masalada ko’proq G’arb davlatlari yordamiga umid qilmoqda. Toshkent pozitsiyasidagi bu o’zgarishlar Moskvaning ochiq noroziligiga uchramagan bo’lsa-da, zimdan ziddiyatlarni qo’zg’atgan.

Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Vitaliy Volkovga ko’ra, Kreml Toshkent bilan munosabatlar sovuqlashishi soyasida Qirg’iziston, Qozog’iston va Tojikiston bilan muammolarini osonroq hal etib, mintaqada pozitsiyasini mustahkamlamoqda.

“G’arb siyosatida “bo’lakla va hukmronlik qil” degan gap bor, Moskva shu aqidaga amal qilmoqda. Toshkent bilan munosabatlar sovuqlashishi Dushanbe, Bishkekni murosaga keltiradi, qolaversa, Astanani ham”, – deydi Volkov.

Ekspertning aytishicha, Moskva Toshkentning G’arb tomonga og’ishini vaqtinchalik hodisa deb hisoblaydi, zarurat tug’ilganda bosim orqali vaziyatni o’nglshiga ishonadi.

“Xullas, bu bir siyosiy o’yin, faqat nazarimda oxiri yomon tugashi mumkin bo’lgan o’yin. Moskva nima bo’lishidan qat’iy nazar Karimovga ta’sir ko’rsatishni ma’qul ko’radi, keyinchalik ham baribir Karimov yoki Karimov odamlari bilan ish yuritishga to’g’ri keladi degan fikrda”, – deydi Volkov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.