Xalq boyligi sotilmoqda. Kim oshdi?!

330
0

Qirg’izistonning geologiya va mineral manba’lari davlat Agentligi 5 aprel kuni mamlakatdagi eng yirik konlardan biri – «Jeruy» oltin konini ishlatishlik uchun konkurs e’lon qildi.

Litsenziyaga ega bo’lish uchun boshlang’ich narx – 300 mln dollar miqdorida belgilandi.

Shuningdek, konkurs haqidagi e’lonni, Agentlik, Bishkekdagi horij elchixonalariga topshirishlikni hamda Qirg’izistonning horijdagi elchixonalariga jo’natishligi uchun mamlakat tashqi ishlar ministrligiga yo’llashlikni ham maqsad qilgan.

Avvalda «Jeruy» oltin konini «Jeruyoltin» yopiq aktsiyadorlik jamiyatining 60 foiz aktsiyasiga ega bo’lgan Visor Holding kompaniyasi ishlatgan. Biroq, 2010 yili mamlakatda hukumat almashgach, o’sha yilning noyabr oyida, “belgilangan ish planlari” (bu jumla ostida qanday ma’no bor ekan?) bajarilmayotganligi bois, komapaniya litsenziyasi yo’qqa chiqarilgan edi.

Visor Holding kompaniyasi shu yilning mart oyida Qirg’iziston hukumati ustidan xalqaro arbitraj sudiga arznoma topshirgan va sarmoya yotqizishga bog’liq tortishuvlarni tartibga solish Xalqaro markazidan kompaniya foydasiga 400 milliondan ortiq dollar undirib berishlikni da’vo qilgan.

Shuning uchun hukumat, konkurs g’olibi xalqaro arbitrajning barcha da’volarini o’z zimmasiga olishini konkurs shartlaridan biri qilib belgilaganiga ajablanmasa ham bo’laveradi.

Belgilab ketish kerakki, oltin zaxirasi hajmi bo’yicha (tahminan 81 tonna) va ishga tushishlikka tayyorligi darajasi bilan Jeruy Kumtordan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Jeruy koniga Rossiyaning «Polyus zoloto», Kanadaning Centerra Gold Inc va shuningdek bir qator Xitoy kompaniyalarining qiziqishlari bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.