Qirgʻizistonda Ramazon oyining 29- kuni hayit namozi oʻqildi

842
0

Qirgʻizistonda Ramazon oyining 29- kuni hayit namozi oʻqildi

Qirgʻiz hukumati tarixda Akayev va Bakiyev sodir etgan yana bir xatoni takrorladi. Qirgʻizistonning sobiq ikki qochqin prizidentlari ham Islomga xiyonat qilib, goʻyoki oʻzlarini Allohdan, oʻz hukmlarini esa Allohning hukmlaridan ustunligini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻlishib, ramazon hayit namozini ado qilishdan musulmonlarni man qilishar edi.

Ular ramazon oyi faqat 30 kun keladi deb, 29 kun kelishini inkor qilishar edi. Ramazonning 29 – kuni namoz oʻqib hayitni bayram bilan kutib olamiz degan musulmonlarni organ xodimlarining kuchi bilan man qilib, ularni taʼqib qilishar edi. Atambayevning qoʻlbola hukumati esa, aksincha ramazon oyining 30 – kunini inkor qildi. Bular ham oʻzlarining quvvatlarini koʻrsatib qoʻyishmoqchi boʻlib, Allohning hukmiga qarshi chiqishga jurʼat qilishdi. Lekin hozirgi hukumatning buyrugʻi bilan belgilangan hayit bayrami minglagan musulmonlarni farz roʻzasini ochib yuborishiga sabab boʻldi. Ularning oʻqigan hayit namozlari ramazon kuniga toʻgʻri kelib, hayit kuni oʻqilmagani uchun tarkivojib boʻldi. Bu hokimiyatning buyrugʻi avvalgilarinikidan oqibati yomonroq boʻldi.

Aslini olganda avvalgi hokimiyatning hayitga nisbatan buzuq fikrlari bilan hozirgi hukumat hukmining deyarli farqi yoʻq. Har ikkisi ham bir maqsadni koʻzlashayapti. Yaʼni, Islom va musulmonlarning ustida oʻzlarining taʼsir quvvatini va taʼziqini koʻrsatib qoʻyishmoqchi. Bundan tashqari, kufr olami tomonidan Islomga qarshi kurashish uchun berilib kelayotgan mablagʻlarga hisobot tariqasida, islomiy, sharʼiy hukumlarga zid boʻlgan ishlarga musulmonlarni qay darajada itoat qildira olganlarini kufr xojalariga koʻrsatib qoʻyishmoqchi.

Ulamolarimiz esa, islomiy qadriyatlarimizni himoya qila olmayotganlaridan uyalishayotgani yoʻq. Aksincha, ular bu hukmga rozi boʻlmagan bir qator musulmonlarni qoralashayapti. Organ xodimlari bilan birga bu musulmonlarga taziyq va taʼqib qilish darajasigacha tushib xorlanib borishayapti. Oʻzlarining xoin va qoʻrqoq ekanlarini yashirish va oqlash maqsadida, “bu sharʼan durust boʻlmagan ishlarda faqat muftiyot javobgar, biz itoat qilishga buyurilganmiz. Demak biz gunohkor boʻlmaymiz” deb maviza qilishayapti. Ular, mazhabboshimiz boʻlgan Abu Hanifa (imom Aʼzam) rohmatulloxi alayhning “Xoliqqa osiy boʻlishlikda maxluqqa itoat qilinmaydi” degan sharʼiy qoidalarini inkor qilishdi. Ulamolarimizning birortasi muftiyotning bu gʻayriislomiy hukmi uchun uni muhosaba qila olmadi, mavizalarida bayonot ham bera olishmadi. Chunki muftiyotning ortida organ xodimlari va hukumat turibdi. Ular osonroq yoʻl topib, aybni bu gʻayriislomiy hukmga itoat qilishdan bosh tortgan musulmonlarga agʻdarib, ularni qoralash ishlarini kuchaytirishdi.

Ulamolarimiz (Hokim oʻzining “Mustadrak” kitobida rivoyat qilgan) Paygʻambarimiz ning:

“سَيِّدُ الشُّهَدَاءِ حَمْزَةُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ وَرَجُلٌ قَامَ إِلَى إِمَامٍ جَائِرٍ فَأَمَرَهُ وَنَهَاهُ فَقَتَلَهُ”

“Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abulmuttolib va zolim imomga qarshi turib unga amri maʼruf va nahiy munkar qilgani uchun bu imom oʻldirgan kishidir” degan hadisiga, vaʼdasiga ishona olishmadi. Lekin shu yoʻlda malomatchining malomatidan qoʻrqmay, shahidlar sayyidi Hamza RAning maqomidan umid qilib, kufrga tik turib kelayotgan musulmonlarni, hech boʻlmaganda oʻz hollariga qoʻyib ham berishmayapti. Paygʻambarimiz (sav) Abu Said al-Xudriydan rivoyat qilingan hadisda shunday dedilar:

“مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الإيمَانِ”

“Sizlardan kim bir munkarni koʻrsa, uni qoʻli bilan oʻzgartirsin. Agar qodir boʻlmasa, tili bilan oʻzgartirsin, bunga ham qodir boʻlmasa, qalbi bilan oʻzgartirsin. Bu (qalbi bilan oʻzgartirish) imonning zaifidir”.

Musulmon birodarlar, Allohning oldida hech qanday hujjatsiz, iymonsiz tirilib qolishdan ehtiyot boʻlaylik. Chunki biz tilimiz bilan aytib yurgan kalimalarimizga qarab, oʻzimizni va boshqalarni ustidan hukm chiqarishga buyurilganmiz. Lekin Alloh har birimizni dilimizdagini biladigan va hukm qiladigan Zotdir. Kufrdan qoʻrqib yoki undan umidvor boʻlib iymonimizni yoʻqqa chiqarib olmaylik. Ulamolarimiz bizlarning yoʻlboshchilarimiz boʻlib, bizni hidoyat sari yetaklashlari vojib. Biz esa, ularning etaklarini mahkam ushlab, ulardan xotirjam boʻlib, risolat sari ergashib borishimiz kerak. Ulamolar zalolatni bizga hidoyat deb koʻrsata boshlashsa, ortida borayotganlarning barchasi gunohkor boʻlishsa, ulamolar ortidagilarning soni qancha boʻlsa shularning barobarida gunohkor boʻlishadi. Iymonlaringni kufrga garovga qoʻymanglar!! Ularga tavakkul qilib oʻz birodarlaringni adashtirib, oʻzlaringni halokatga tashlamanglar!! Haqiqatni bila turib, undan yuz oʻgirmanglar!! Bu sizlar uchun faqat xorlik olib keladi!! Alloh saqlasin.

Hizb-ut Tahrirning Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi raisi

05.07.2016.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.