NATO: Suriyaga kirmaymiz

330
0

Shimoliy alyans (NATO) bugun Suriyaga harbiy tomondan aralashmaslikka qaror qilganligini e’lon qildi. NATO milliy koalitsi raisi Muoz al-Xatibning talabidan so’ng shu qarorga kelgan. Muoz al-Xatib Amerikadan qarshilik harakatining qo’l ostida bo’lgan mintaqalarni Bashar Asad hujumidan himoya qilish uchun Patriot raketalarini ishga solishini talab qilgan edi.

Reytrs agentligi NATOdagi bir mas’ulning so’ziga tayanib keltirishicha, NATOning Suriyaga harbiy aralashish niyati yo’q. U shimoliy alyans Suriyadagi zulmga va mintaqa barqarorligiga xavf soladigan har bir ishga chek qo’yishga chaqirishini qo’shimcha qiladi. Shunigdek u masalani tinch yo’l bilan hal qilishga erishish uchun amalga oshirayotgan xalqaro jamiyatlarninig xarakatlarini qo’llab quvvatlaydi.

Tadqiqotchi Maykl Stivensga ko’ra, Muoz al-Xatibning talabini qabul qilish Suriya rejimiga qarshi urush holatida turishni anglatadi.

Bu izohlar Muoz al-Xatibning Qatar poytaxti Dohadagi Arab davlatlarining oliy darajadagi uchrashuvida qilgan bayonotidan bir necha soat o’tib yuzaga keldi. Unda Muoz al-Xatib amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerridan qarshilik harakati qo’l ostida bo’lgan Suriya shimolini himoya qilish uchun Amerika kuchlari yordam ko’rsatishini talab qilgan edi.

Jon Kerrining mavzuni o’rganib chiqishga va’da berganligiga ishora qilib “biz insonlarning jonini saqlab qolish uchun – jang qilish uchun emas, hiomoya qilish uchun – NATO qarorini kutib turipmiz”, deya qo’shimcha qiladi Xatib.

NATOning oliy qo’mondoni Amerikalik admiral Jeyms Stavridis o’tgan hafta NATOga a’zo ba’zi davlatlarning Suriyada harbiy amaliyot olib borishga qaror qilganligi haqida ochiqlagan edi.

Shuningdek Stavridis NATO Suriyaga nisbatan 2011 yildagi Liviya sahnasi takrorlanishi haqida qaror qabul qilganligini ham izhor qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.