Pentagon Shimoliy Koreya tahdlaridan tashvishda

364
0

Amerika tashqi ishlar vazirligi (Pentagon) Shimoliy Koreyaning Amerika qarashli erlar va Guam, G’avay orollarida joylashgan Amerika harbiy bazalarini nishonga olganligi haqidagi tahdlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’lishini e’lon qildi.

Pentagon nomidan gapiruvchi Jorj Littl jurnalistlarga “biz Shimoliy Koreya imo-ishora qilgan tahdidlardan xavotirdamiz. Bu rejim aytayotgan va qilayotgan har bir ishlarga nisbatan jiddiy munosabatda bo’lamiz”, deya bayonot berdi.

“Amerika o’ziga qarashli erlarni va Janubiy Koreyani mudofaa qilish majburiyatini bajarishga tayyor”, deb qo’shimcha qildi Littl.

Ayni damda TSTAK axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra Guam, G’avay orollari hamda Amerika harbiy bazalarini nishonga olgan Shimoliy Koreya raketalari to’liq jangovar tayyorgarlik holatida keltirilgan.

“Barcha artilleriya qo’shinlari yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi”,- deb yozadi agentlik.

Shimoliy Koreyaning bayonotlari Amerikaning B-52 rusumli strategik qiruvchi samolyotlarning Koreya orollari ustidan parvozlaridan keyin yangray boshlagan.

Xabarlarga ko’ra, AQShning g’arbiy sohilini Shimoliy Koreyaning ehtimoliy hujumidan himoya qiluvchi 14 ta yangi interseptor, ya’ni raketani urib tushiradigan moslamalar Alyaska shtatida o’rnatiladi. Yaponiyada esa radar joylashtirish ko’zda tutilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.